Italiyaning Bolonya şahri şimoli-şarqidagi estakadada davomli portlaşlar ortidan yonğin çiqdi. Rainews24 telekanali xabariga köra, hodisa oqibatida ikki kişi halok bölib, 67 kişi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning 11 nafari politsiyaçilar ekani aytilmoqda.
Şifoxonaga yotqizilganlarning 14 nafari oğir ahvolda qolmoqda.
Öt öçiriş xizmati bergan ma'lumotga köra, benzovoz yöl-transport hodisasiga uçrab, portlab ketgan. Portlaşdan keyin çiqqan yonğin estakadada turgan avtomobillarga tarqalgan.
Portlaş Bolonya aeroporti faoliyatiga ta'sir körsatgan.












