Italiya çempionati 36-turining navbatdagi bahsi öz nihoyasiga ketdi. 

Musobaqada peşqadamlik qilib turgan "Yuventus" öz maydonida "Bolonya"ni qabul qilib, 3:1 hisobida mağlub etdi. 

Mehmonlar 30-daqiqada Verdining penaltidan kiritgan goli evaziga hisobni oçişgan bölsa, 51-daqiqada De Meoning avtogoli sabab oradagi farq yöqqa çiqdi. Hedira 63-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi, oradan 6 daqiqa ötib, Dibala jamoaning işonçli ğalabasiga öz hissasini qöşdi. 

Şu tariqa, "Yuventus" 36-turdan söng 91 oçko bilan musobaqa jadvalini boşqarmoqda. Ikkinçi örinda borayotgan "Napoli" esa bir öyin kam ötkazgan holda 84 oçko töplagan. "Bolonya" esa 39 oçko bilan 12-örinni band qilib turibdi. 

Yuventus – Bolonya 3:1

Gollar: 0:1 – 30, penalti Verdi, 1:1 – 51, avtogol De Meo, 2:1 – 63 Xedira, 3:1 – 69 Dibala.
Yuventus – Buffon, Kuadrado (Lixtştayner, 72), Bardzali, Rugani, Asamoa, Xedira, Markizio, Matyuidi (Duglas Kosta, 46), Dibala, Iguain, Aleks Sandro (Bernardeski, 84).
Bolonya – Mirante, Kraft (Torosidis, 60), Mbayye, Romanoli, De Meo, Keyta, Poli, Krisetig, Nad, Verdi (Destro, 73), Avenatti (Palasio, 66).
Ogohlantirişlar: Kuadrado (14), Poli (18), Rugani (26), Krisetig (61), Palasio (90).