Respublika oliy ta'lim muassasalariga kiriş test sinovlarining oltinçi kuni - 6 avgustda ötkazildi va töliq yakunlandi. 

Test sinovlarining oltinçi kuni respublikadagi 16ta oliy ta'lim muassasalarida test jarayonlari bir vaqtda 1-smenada 8.00dan boşlanib, 11.30ga qadar va 2-smenada 15:00 dan boşlanib, 18:30 ga qadar töliq yakunlandi. 

Test sinovlari ötkaziladigan 57ta binoda yonğin va xavfsizlik çoralari körildi. Barça binolarda tibbiyot xodimlarining navbatçiligi hamda test sinovlari ötadigan hududlarda tez yordam maşinalari taşkil etildi. 

Şu kunlarda havo haroratining kötarilişi natijasida abituriyentlarning ota-onalari uçun salqin joylarda örinlar soni köpaytirildi va u yerda katta hajmli monitorlar yordamida test jarayonlari onlayn körinişda yoritib borildi.

Yozning çillasida ota-onalarga yanada qulaylik yaratiş maqsadida ilk bor test sinovlari UzdigitalTV va mahalliy telekanallar orqali hamda test2018.uz Internet saytida onlayn körinişida töğridan-töğri yoritildi.

Içki işlar tizimidan 4 963 nafar şaxsiy tarkib xodimlari, 1206ta aloqa vositalari, 694ta metallodetektorlar, 289ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz ötişiga jalb qilindi.

Test sinovlarini ötkazişga ta'lim muassasalaridan test sinovlari ötkaziş tartib-qoidalari va texnologiyasi böyiça maxsus tayyorgarlikdan ötgan 2 ming 394 nafar guruh nazoratçilari jalb etildi. 

Barça hududlarda jamoat va yonğin xavfsizligi, test materiallarining maxfiy va dahlsizligi, binolar faoliyat tizimining uzluksiz işlaşi, tibbiy xizmat va inşootlarni qöriqlaş töliq ta'minlandi. 

Test sinovlarida 16 ta oliy ta'lim muassasalarining 58 ta ta'lim yönalişida 57 ming 856 nafar abituriyent iştirok etdi, turli sabablarga köra 1441 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi. 

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 185 nafar abituriyent, şundan 110 nafari hududga kiriş joyida uyali telefon, şpargalkalar olib kirişga va özgani örniga kirişga uringanligi uçun, 75 nafari bino içida şpargalkadan foydalanişga va boşqa abituriyentlarga yordam berişga uringanligi uçun test sinovlaridan çetlaştirildi.

Test natijalari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta'minlagan holda Davlat test markaziga 18.30 dan qaytariş boşlandi. Sönggi materiallar Farğona vodiysi hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan keçasi 2:00da yetib keladi.