Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev nima uçun Rossiya 2008 yilda, özi prezidentlik lavozimida bölgan paytida Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olganini tuşuntirdi. Bu haqda siyosatçi «Kommersant'»ga bergan intervyusida aytib ötdi.
Boş vazirning sözlariga köra, u uşbu qarorni qabul qilayotgan paytda, Kavkaz ortida barqarorlikni saqlab qoliş va kelajak uçun mustahkam tinçlikka erişiş haqida öylagan.
«Rossiya eng asosiy narsaga erişdi - tinçlik. Biz fuqarolarimizni himoya qilişga muvaffaq böldik - Abxaziya va Janubiy Osetiyada yaşovçi köplab Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bor», - deya ma'lum qildi Medvedev.
Uning qöşimça qilişiça, mintaqada qabul qilingan qaror tufayli hozir «hamma narsa aniq», rasmiylarga esa fuqarolarning xavfsizligi haqida qayğurişga hojat yöq. Medvedevning ta'kidlaşiça, bu masalada Rossiya yuqori siyosiy rahbariyatining pozitsiyasi, bahs-munozaralarga qaramay, yagona bölgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Medvedev 2008 yilgi voqealar paytida maqsad Saakaşvilini qatl qiliş bölmaganini aytgandi.








