GM Uzbekistan’ning Xalqaro press klub materialida xabar berişiça, Tracker joriy yilning sentabr oyidan sotuvga çiqariladi.
Avtosanoatga bağişlangan sessiyadan avval press klub ma'muriyati foydalanuvçilarga «Özavtosanoat» vakillariga savollar berişni taklif qildi. Ulardan biri yangi modellarni çiqariş böyiça rejalarga aloqador edi.
Press klub tomonidan e'lon qilingan javoblarga köra, kompaniya model qatorini kengaytiriş va yangilaş ustida faol işlamoqda.
«Misol uçun, 2015 yil oktabr oyidan gaz uskunali “Lasetti” modifikatsiyasi, 2016 yil mart oyidan old panjarasi yangilangan “Spark” rusumi, 2016 yil may oyidan «Neksiya» modelining yangi avlodi, 2017 yil aprel oyidan «Malibu» modelining yangi avlodi hamda joriy yilning sentabr oyidan sotuvi amalga oşiriladigan “Trekker” avtomobili kabilarni keltiriş mumkin», - deyiladi xabarda.
Istiqboldagi rejalarda elektromobillarni işlab çiqariş ham belgilangan. Unga köra, “A” sinfidagi avtomobillar böyiça 2027 yildan va “V” sinfidagi avtomobillar böyiça 2028 yildan amalga oşiriladi.
Özbekistonda Chevrolet Tracker’ni işlab çiqariş boşlanişi 2017 yilning noyabrida ma'lum böldi. Öşanda «Özavtosanoat»ning Janubiy Koreyaga taşrifi doirasida umumiy qiymati 189,9 mln AQŞ dollariga teng 7ta şartnoma, şuningdek, qiymati 614 mln AQŞ dollaridan ortiq bölgan şartnomalar imzolangani xabar qilingandi.












