Rossiyaning MTS uyali aloqa operatori Innopolis şahrida özining şaxsni aniqlaş texnologiyasiga ega bölgan sim-karta tarqatuvçi ilk terminalini işga tuşirdi. Yil oxiriga qadar önlab şaharlardagi vokzal, aeroport, mehmonxona va savdo markazlari hududlarida 100ga yaqin ana şunday terminallar örnatiladi, deyiladi kompaniya xabarida.

Qurilma şaxsiy va biometrik ma'lumotlarni qayta işlaş texnologiyasi hamda taşqi va içki tarmoq hujumlaridan ma'lumotlarni yuqori darajada himoya qiluvçi maxsus dastur bilan jihozlangan.

Terminaldan sim-karta oliş uçun foydalanuvçi pasportining uçta sahifasini skanerlaşi, ma'lumotlar töğriligini tasdiqlaşi, suratga tuşişi (qurilma olingan surat va pasportdagi suratni soliştiradi) lozim. Foydalanuvçi şaxsi aniqlanganidan söng qurilma sim-karta beradi. Bunga atigi bir neça daqiqa vaqt ketadi.

Hozirça terminaldan faqat Rossiya fuqarolari foydalanişi mumkin. Kelgusida xorijlik fuqarolar ham sim-karta oliş imkoniyatiga ega böladilar.

Şu yilning iyunida Tele2 "Vnukovo" aeroportida ana şunday terminal örnatgandi. Kompaniya tez orada "Domodedovo", "Şeremetevo" aeroportlarida hamda Moskva metrosining beşta stansiyasida terminallar örnatilişini ma'lum qildi.

"Vimpelkom" ("Bilayn") hozirda ana şunday qurilmalar örnatiş imkoniyatini örganayotganini ma'lum qildi.