Ekvador hukumati venesuelalik qoçoqlar oqimi köpaygani sababli mamlakatning bir qismida  favqulodda holat tartibini joriy etdi, deb xabar berdi mamlakat TIV.

Favqulodda holat tartibi Karçi, Piçinça va El-Oro provinsiyalarida joriy etildi. Tartib hozirça avgust oyi davomida amal qiladi, ammo zaruriyat tuğilsa muddat uzaytirilişi mumkin. Çegarada Ekvador migratsion nazorat xodimlari soni oşirildi, şifokorlar, psixologlar, ijtimoiy xodimlar jalb etildi.

Qator xalqaro taşkilotlar Ekvadorga çodirlar, oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena mahsulotlari, suv yetkazib bermoqda, deb xabar berdi TIV.

May oyi boşida xalqaro migratsiya taşkiloti 2015-2017 yillarda Venesueladan muhojirlar soni 10 baravarga köpayganini ma'lum qilgandi. Agar 2015 yilda ularning soni 89 ming deb baholangan bölsa, 2017 yilda bu raqam 900 mingni taşkil etgan. Butun dunyo böyiça venesuelalik qoçoqlarning soni 700 mingdan 1,5 million kişiga yetgan.

Venesuelada inflyatsiya va mamlakat daromadlarining tuşib ketişi oqibatida mahsulotlar taqçilligi yuzaga kelgan.