Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10 avgust kuni Toşkent şahrining Bunyodkor köçasidagi yangi qurib bitkazilgan köprikni kelib kördi.

«Ma'lumki, Bunyodkor köçasi poytaxtimizning eng serqatnov yöllaridan biri. Bu köçaning Toşkent halqa yöli, Farhod, Muqimiy, Islom Karimov, Navoiy va boşqa yirik köçalar bilan kesişgan joylarida yöl ötkazgiç va tunnellar qurilgan. 

Prezidentimiz topşiriğiga muvofiq Bunyodkor va Çöpon ota köçalari çorrahasida ham yangi köprik bunyod etildi. Buning natijasida endi Bunyodkor köçasi böylab töxtovsiz va xavfsiz harakat ta'minlanadi. Yöl ötkazgiçda transportlar 6 ta qatorda harakatlanadi. 

Şuningdek, bu yerda 124 metrlik ikkita piyodalar ötiş köprigi qurilgan. Nogiron va keksalarga qulaylik yaratiş maqsadida lift va eskalator örnatilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Davlat rahbari hududda amalga oşirilgan quriliş va obodonlaştiriş işlari bilan tanişdi.

Bunday inşootlarni qulaylik va xavfsizlik nuqtai nazaridan aql bilan loyihalaştiriş, ularni sifatli va zamonaviy qilib quriş zarurligi ta'kidlangan. Uşbu maydon va köçalarda odamlarga qulayliklarni yanada oşiriş böyiça öz fikrlarini bildirgan.

Şavkat Mirziyoyev Ğafur Ğulom nomidagi madaniyat va istirohat boğini ham kirib körgan. Boğni zamonaviy qilib qayta quriş, bu yerda oçiq va yopiq akvapark barpo etiş böyiça topşiriq bergan, boğdagi birorta ham daraxt kesilmasligi kerakligini ta'kidlagan.