Soğliqni saqlaş vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi röy berdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Tibbiyot fanlari doktori Qahramon Yöldoşev respublika OITSga qarşi kuraş markazi direktori etib tayinlandi.

Unga, birinçi navbatda, OIV infeksiyasini erta aniqlaş, uning profilaktikasini öz vaqtida amalga oşiriş, diagnostika va davolaş standartlarini qayta körib çiqiş, zamonaviy va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etiş, bu kasallik bilan samarali kuraş va bemorlarga tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş sifatini tubdan yaxşilaş, bu infeksiya bilan şifoxonada içida kasallanişni röyxatga oliş holatlarini kamaytiriş böyiça vazifalar yuklandi.

Şuningdek, u hozirgi kun talablaridan kelib çiqqan holda mutaxassislar malakasini oşiriş, immunologiya, virusologiya va epidemiologiya yönalişlarida ilmiy işlarni rivojlantiriş kabi qator barqaror vazifalarni bajariş uçun mas'ul hisoblanadi.

Şu bilan birga, aholi örtasida bu kasallikka qarşi samarali tarğibot işlarini kuçaytiriş, nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaş ham uning vazifasiga kiradi.

Q. Yöldoşev bundan avval Toşkent Vraçlar malakasini oşiriş institutining Tibbiy profilaktika fakulteti dekani lavozimida işlagan.

Eslatib ötamiz, avvalroq respublika OITSga qarşi kuraş markazi direktori lavozimida işlab kelgan Nurmat Otabekov Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti direktori lavozimiga tayinlangandi.

Bundan taşqari, Zulfiya Abdurahmonova 2-son Respublika klinik şifoxonasi boş vraçi lavozimiga tayinlandi.