Boş vazir Abdulla Aripov «Özbektelekom» loyihalarining amalga oşiriliş holatidan norozi bölgan, bu kompaniya rahbariyatidagi lavozim özgarişlarining asosiy sababi böldi. Bu haqda Kun.uz Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligidagi manba ma'lum qildi.

8 avgust, çorşanba kuni beş oy ötgaç, Şuhrat Qodirov yana «Özbektelekom»ga rahbar etib tayinlangani ma'lum böldi. Uşbu lavozimni mart-avgust oylari davomida egallagan Farhod Röziyev tijorat direktori lavozimiga ötkazildi. Bundan taşqari, Jamol Maqsudov Yevgeniy Marking örniga Istiqbolli rivojlantiriş va innovatsiyalar böyiça direktor lavozimiga tayinlandi. Kompaniya matbuot xizmati lavozim özgarişlari böyiça izoh berişdan boş tortdi.

«Bu rahbariyatning qarori, agar şunday qaror qilişgan bölsa - heç qanday savollar bölmaydi. «Özbektelekom» belgilangan vazifalarini öz vaqtida bajarmaganligi uçun hukumatda tanqid qilindi. Biroq, barça loyihalarni, hattoki Internet böyiça ham, amalga oşiriş davom etayotgandi. Aftidan, natijalar yanada tezroq bölişi kerak edi», - deya xabar berişgan vazirlikdan. Suhbatdoşning ta'kidlaşiça, tanqid aynan boş vazir A.Aripov tomonidan qilingan.

Bu yil prezident Şavkat Mirziyoyev internetga narxlarni keskin pasaytiriş, ulaniş tezligini kamida tört barobarga oşiriş, uni 2020 yilga kelib MDH davlatlari darajasiga olib çiqiş böyiça topşiriq berdi.

«Biz Internet-kanalimizning imkoniyatlarini kamida 1,2 Terabitga kengaytirişni rejalaştirmoqdamiz. Bu deyarli 10 barobar ösişdir. Bu işni şu yil oxiriga qadar yakunlaş niyatidamiz. Balki, buni oldinroq ham qilarmiz, sababi vazifani amalga oşiriş uçun barça sa'y-harakatlar körilmoqda», - deya ma'lum qilgandi kuni keça öz lavozimini tark etgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi sobiq rahbari Azim Axmedxöjayev.

Azim Axmedxöjayev endi Loyiha boşqaruvi milliy agentligida raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş böyiça kurator bölgan.

Şu bilan birga, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligidan ma'lum qilişlariça, «Özbektelekom»dagi özgarişlar Axmedxöjayevning vazirlikdan ketişi bilan umuman aloqador emas.

«Bu umuman boğliq emas. Raqamli iqtisodiyot va blokçeynni rivojlantiriş kerak bölgani uçun ötkazişdi. Loyiha boşqaruvi milliy agentligi uşbu sohada vakolatli organ hisoblanadi. Bu haqdagi farmon 3 iyuldayoq bölgan, yakunda - bir oy mobaynida deyarli heç narsa qilinmadi. Hatto bu blok [raqamli iqtisodiyot va blokçeynni rivojlantiriş böyiça] oçilmadi. Hozir bu bilan şuğullana boşlaşdi va rahbar kerak edi», - deya ta'kidlab ötgan manba.