Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining “Oliy ta'lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi.

Nizomga ko‘ra, malaka amaliyoti ta'lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar) ishchi o‘quv rejalariga muvofiq 2-kursdan boshlab tizimli ravishda OTM tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishib tasdiqlanadigan malaka amaliyoti dasturi asosida amalga oshiriladi.

Oliy ta'lim muassasalari talabalari ish joylariga dastlabki taqsimlashni bitiruvchi kurs oxirida emas, balki mos ravishda ikkinchi va uchinchi kurslarda tahsil olayotgan davrda o‘tkazish va barcha turdagi amaliyotlarni ishga yo‘llanma oladigan korxona, tashkilot yoki muassasada o‘tashini yo‘lga qo‘yish tavsiya etiladi.

Malaka amaliyoti OTMning qabul qiluvchi tashkilotlar bilan belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalari asosida tashkil qilinadi.

OTM va qabul qiluvchi tashkilot malaka amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha shartnomada shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majburiyatlari, qabul qiluvchi tashkilotning ish faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan holda malaka amaliyotini tashkil etish tartibini, shartnomaning amal qilish muddatini, shartnomani bekor qilish asoslarini, shuningdek taraflarning javobgarligini kelishib oladi.

Talabalar va malaka amaliyoti rahbarlarining faoliyatini tartibga soluvchi asosiy hujjat malaka amaliyoti dasturi hisoblanadi.

Malaka amaliyoti dasturi quyidagi asosiy bo‘limlardan tarkib topadi:

malaka amaliyotining maqsad va vazifalari;
malaka amaliyoti mazmuni;
malaka amaliyoti reja-jadvali;
malaka amaliyotini baholash mezoni;
malaka amaliyoti bo‘yicha hisobotga talablar.

OTMdan malaka amaliyoti rahbarining malaka amaliyotidagi o‘quv yuklamasi soatlari ishchi o‘quv rejada ko‘rsatilgan haftalar, talabalar guruhi va sonidan hamda qabul qiluvchi tashkilot joylashgan hududdan kelib chiqib aniqlanadi.

Talaba: