Suriyadagi qurollangan guruhlar Rossiyaning Xmeymimdagi aviabazasiga uçuvçisiz uçar qurilma yordamida hujum qilişga urinişdi. Bu haqda nizolaşayotgan tomonlarni yaraştiriş böyiça Rossiya markazi rahbari Aleksey Tsigankov ma'lum qildi.

«11 avgust kuni tunda Xmeymim aviabazasi havo makonida Idlib deeskalatsiya hududidan jangovar holatda uçirilgan uçuvçisiz uçar qurilma aniqlandi. Qurilma aviabazadan xavfsiz masofada zenit öt oçiş vositalari yordamida urib tuşirildi. Jabrlanganlar va moddiy zarar bölmadi», — dedi u.

Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari 9 avgust kuni ham aviabazaga hujum qilgan uçuvçisiz qurilmalarni urib tuşirgandi. Şuningdek, harbiylar 22 va 28 iyul kunlari uçuvçisiz uçar qurilmalar orqali qilingan hujumlarni bartaraf etişgandi.