Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning tvitterda ma'lum qilishicha, unga qilingan suiqasdni tergov qilish chog‘ida «daxlsizlar» bo‘lmaydi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuelaning «ekstremistik» muxolifati bu ishni tergov qilishda «daxlsizlar» bo‘lmasligini bilib qo‘yishi kerak.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Venesuela qurolli kuchlari «mamlakat yaxlitligini» himoya qiladi.

Maduroning qo‘shimcha qilishicha, Venesuela hukumati unga qilingan suiqasd bo‘yicha batafsil tergov o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela Yevroittifoqni qoralab chiqqandi.

Yevroittifoq tomonidan ro‘y bergan voqea tufayli e'lon qilingan izohda, bu hodisa «dron yordamida qilingan hujum», deb atalgan. Biroq, Venesuela tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasaning so‘zlariga ko‘ra, ro‘y bergan narsa «terrorchilik harakati» edi.