Venesuela Taşqi işlar vazirligi Yevroittifoqni prezident Nikolas Maduroga qilingan suiqasdni tan olişdan boş tortgani uçun tanqid qildi. Bayonot matni mamlakat taşqi işlar vaziri Xorxe Arreasaning tvitterdagi sahifasida joylaştirilgan.

Yevroittifoq tomonidan röy bergan voqea tufayli e'lon qilingan izohda, bu hodisa «dron yordamida qilingan hujum», deb atalgan. Biroq, Venesuela taşqi işlar vaziri Xorxe Arreasaning sözlariga köra, röy bergan narsa «terrorçilik harakati» edi.

Arreasaning aytişiça, Yevroittifoq davlatlari özlarining «irratsional va mustamlakaçilik siyosati» qopqonida qolib ketişgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Venesuelada Maduroga suiqasdda gumonlanayotganlarning soni ma'lum qilingandi.