9 sabab: Nima uçun Özbekiston eng sayohatbop mamlakatlar top-röyxatida bölişi kerak?
|03:56 / 14.08.201823 15110 min
Özbekistondan qaytganimdan buyon menga eng köp beriladigan savol: "Sizni u yerga borişga nima majbur qildi?"
DameTraveler naşrida Özbekistonga birinçi marta sayohat qilgan xorijlik ayol diyorimiz bilan boğliq taassurotlari bilan bölişadi va nima uçun Özbekiston eng sayohatbop mamlakatlarning top-röyxatida bölişi kerakligiga doir töqqiz sababni keltiradi.
"U yerga borgunimga qadar Özbekistonda bölgan biror kimsani tanimas edim va aynan şuning uçun ham bu ölka menda qiziqiş uyğotdi. Yangi sirli manzillar men uçun doim qiziq bölgan. Bu ekzotik mamlakatda 10 kun bölgan bölsam, endi meni eng köp öylantirayotgan savol: Nima uçun odamlar u yerga bormaydi? Dunyodagi barça közdan yaşirin javohirlar orasida Markaziy Osiyoning bu xazinasi yetarliça qadrlanmagani şubhasiz. Özbekistonga sayohat qiliş uçun töqqiz sababni keltiraman:
Foto: dametraveler.com
Özbekiston - Buyuk Ipak yölining bebaho javohiri
Qadimda Xitoydan Yevropa bozorlariga qarab yöl olgan karvonlar Özbekistonning qadimiy şaharlari - Samarqand, Buxoro va Xivada qönim topgan. Ular bu yerdan nafaqat fil suyagi va tilla buyumlarni olib ötişgan, balki dinlar va falsafalarni ham. Turkiy hukmdorlar Samarqandni egallab olişganida u yerga islom san'ati va madaniyatini ham olib kirişgan. Bugun esa siz Buyuk Ipak yölining bu uç asosiy manzilida naqşinkor masjidlar, serviqor minoralar, muhtaşam madrasalar va jozibali mozaikalarni körişingiz mumkin. Bu sizlarni keyingi manzil sari çorlaydi...
Foto: dametraveler.com
Özbekiston - suratkaşlarning orzusi
Qay burçakka yöl olmay, hayratimni yaşira olmasdim. Takror va takror. Özbekiston tarixiy yodgorliklarida meni hayratga solgan jihatlar son-sanoqsiz edi. Atrofimdagi ranglar jilosi, naqşlar öyini, me'morçilik namunalari va mozaikalar meni lol qoldirdi. Bu nafaqat kameramning batareyasi "ötirişi"ga sababçi bölgan masjid va madrasalar edi, u yerdagi hatto restoran va mehmonxona kabi oddiy joylar ham an'anaviy naqşlar va qölyozma namunalari bilan bezatilgan.
Mavzuga oid
Foto: dametraveler.com
Siz dunyodagi eng mehribon xalq vakillarini uçratasiz
Darhaqiqat, özbek xalqi juda mehmondöst. Biz sayohatimiz davomida bir turist ayolni uçratdik - bir kun avval uçratgan kişisi ayolni sayyohlar kamroq boradigan joylarga bepul sayohat bilan siylagan, u şuningdek boşqa mahalliy aholi vakili tomonidan kerakli manziliga bepul yetkazilgan.
Butun sayohatimiz davomida köp kişilar oldimizga kelib, bizdan qayerdan kelganimiz, Özbekistonning qayerlarida bölganimiz va körganlarimiz bizga yoqdimi yöqmi - qiziqişdi (asosan ingliz tilida). Mahalliy aholi vakillari biz bilan yaqindan tanişişga qiziqişardi, köpçilik "Yurtimizga xuş kelibsiz!" deya samimiy qarşi olardi.
Bundan taşqari, ikki notaniş özbek bilan uçraşuv alohida xotiramda muhrlanib qoldi, ular menga heç qanday sababsiz gul sovğa qilişdi. Biri yaqin oradagi boğdan uzib olib keldi, ikkinçisi esa salfetkadan yasab tutqazdi. Bu kim uçundir oddiy holatdir, balki, biroq men uçun bunday xatti-harakatlar şu mamlakat odamlarining bağrikengligidan dalolat beradi.
Foto: dametraveler.com
Til bilan boğliq muammolar siz öylagandek qiyin emas
Sizni ajablantirişi mumkin bölgan holat: aslida Özbekiston sayyohlarga töla. U yerda asosan özbek va rus tillarida sözlaşilsa-da, aksariyat turistik maskanlarda ingliz tili tuşuniladi. Bu asosan sizning qayerda joylaşganingiz va kim bilan ekaningizga boğliq.
Samarqanddagi maşhur Registon maydonidagi qöriqçilar sizga majmuaning iş soatlari va çiptalar narxi haqida ma'lumot berişi mumkin, biroq qolganiga Google Translate'dan foydalangan ma'qul. Kezi kelganda, qöl bilan imo-işora orqali tuşuntirişga ham töğri keladi.
Foto: dametraveler.com
Buxoro va Xiva kabi şaharlarda esa turizm asosan şahar markazlarida rivojlangan. Sotuvçilar esa xorijliklar bilan muloqot qilişga şu qadar örganib ketişganki, ularning ba'zilari hatto fransuz va italyan tillarida ham savdo qila oladi. Umuman olganda, Özbekistonda til bilan boğliq muammolar sayohatingiz yölida real tösiq böla olmaydi.
Foto: dametraveler.com
Özingizni Ğarb şaharlaridan köra köproq xavfsiz his qilasiz
Ba'zilarning fikriga qarşi ölaroq, Özbekiston - mutlaqo xavfsiz mamlakat. Samarqand, Buxoro va Xiva asosan kiçik şaharlar va u yerlardagi muhit tinç va xotirjam. Mamlakatdagi jinoyatçilik darajasi past va şaxsan men biror marta xavfni his qilganim yöq, hatto tungi sayr vaqtida ham! U yerda hamyonimni öğirlatişdan mutlaqo xavotir olmadim, köplab Ğarb mamlakatlari haqida esa bunday deya olmayman...
Foto: dametraveler.com
Öz yurtingizga qaytganingizdan söng özbek oşxonasi izlaysiz
Özbek taomlari umrim davomida tatib körgan eng mazali taomlarimdandir, u turli ziravorlarga boy. Eng mazali taomlari:
Palov - guruç, qöy göşti, sabzi va quritilgan mevalardan iborat özbek milliy taomi;
Foto: dametraveler.com
Manti - göşt yoki qovoq bilan töldirilgan "çuçvaralar";
Somsa - mahalliy ziravorlar qöşilgan "samosa"ning özbekça versiyasi;
Özbek noni - xohlaysizmi, yöqmi, u restoranlarda har qanday taom bilan birga uzatiladi. Uni issiq holda yegan yaxşi, u "tandir" nomli özbek peçida tayyorlanadi;
Şörva - qöy göşti, kartoşka va sabzidan tayyorlangan an'anaviy suyuq taom;
Kabob - mintaqadan kelib çiqqan holda turliça tayyorlanuvçi mazali göşt bölaklari;
Şivit oşi - qovurilgan göşt, bulğor qalampiri va pomidordan tayyorlangan Xiva taomi. Mazza qilib yeysiz: u yaşil spagettiga öxşaydi!
Izoh: anglaganingizdek, agar vegetarian bölsangiz, Özbekistonda sizga biroz qiyin böladi. Bu mamlakat göştga boy, aksariyat taomlariga göşt qöşiladi. Şunday bölsa-da, vegetarian taomlarini taklif qiluvçi restoranlarni ham topiş mumkin. Şuningdek, ularning aksariyatida salatlarning keng assortimentini körişingiz mumkin.
Foto: dametraveler.com
Özbekiston böylab mustaqil harakatlanişingiz mumkin
Özbekistonni aylanib çiqiş uçun sayyohlik guruhi va avtomobilga hojat ham yöq. Bu mamlakatni mustaqil aylanib, ança pulni tejaş mumkin.
Samarqand, Buxoro va Toşkentni tezyurar poyezdlar birlaştiradi. Biz sayohat qilgan "Afrosiyob" poyezdi juda ozoda va qulay ekan. Qadimiy Xiva şahri biroz uzoqroqda, unga yetişning ikki yöli bor:
1. Toşkentdan Urgançga parvoz qiliş mumkin, u yerdan esa Xivaga 30 daqiqada yetib oliş mumkin. Parvoz vaqti 1,5 soatni taşkil qiladi va bir tomonlama parvoz narxi - 50 dollar atrofida.
2. Buxorodan taksida boriş mumkin, bu 7 soat vaqt oladi. Faqat özingiz borayotgan bölsangiz, safar narxi 50 dollarça böladi. Agar hamroh olişga rozi bölsangiz, atigi 20 dollar. Joylaşgan mehmonxonangiz orqali taksiga buyurtma beriş oson.
Aksariyat kabi biz ham ikkinçi usulni tanladik, zero u bizga köproq töğri kelardi. Yetti soat uzoq tuyulişi mumkin, biroq siz kutgançalik emas, istasangiz, yölda bir neça marta töxtaş mumkin.
Foto: dametraveler.com
Özbekistonga sayohat qimmatga tuşmaydi
Özbekiston juda hamyonbop. Siz sutkasiga 20 dollardan 30 dollargaça narxda sifatli xizmat körsatiluvçi mehmonxonalarni topişingiz mumkin, 2 xil salat bilan birga tortiluvçi kundalik taomlar va içimliklar esa - atigi 6 dollar atrofida. Transport xizmatlari ham arzon, şahardagi taksilarning aksariyatida 10-15 daqiqa uçun 1,25 dollar yetarli böldi. Samarqand, Buxoro va Toşkentni birlaştiruvçi tezyurar poyezdlar esa - 7 dollar atrofida (stansiyadan xarid qilinganda).
Faqat parvoz narxi biroz qimmatroq. Yevropadan reyslar ikki tomonga ham odatda Moskva yoki Istanbul orqali ötadi, ularning narxi 600 dollargaça bölişi mumkin.
Foto: dametraveler.com
"Ming bir keça"ning sirli sarhadlari
Men 50 dan ortiq mamlakatga sayohat qilgan bölsam-da, heç qaçon bu qadar syurreal holatga tuşmaganman, buni hatto söz bilan ta'riflaş qiyin. Madrasalarning yorqin fonida konsert tomoşa qilişdan tortib to zulmatda 400 yillik minoralarga kötarilişgaça; eramizdan avvalgi 400 yillik köçalarda harakatlanişdan tortib to yulduzli saroylargaça - men haqiqatan ham 10 kun Özbekistonda böldimmi yoki "Ming bir keça"ning sirli sarhadlariga tuşib qoldimmi?!
Foto: dametraveler.com
Men bu mamlakat kabi yaşirin javohirni bilmayman. Özbekistonning Petra yoki Maçu-Pikçudek maşhur emasligi esa meni hayron qoldiradi. Özbekistonga qalbingiz va aqlingizni oçsangiz, aql bovar qilmas sarguzaştlarni boşdan keçirasiz va çin ma'noda unutilmas xotiralarga ega bölasiz.
Ötgan tunda Samarqanddagi Registon maydonida mahobat bilan porlab turgan madrasalar köz oldimdan ketmaydi. Közlarim yoşlana boşladi. Qarşimdagi manzara oldida lol edim. Bunday betakror va yorqin majmuani quriş uçun qança mehnat sarflangani tasavvurga ham siğmaydi.
Özbekiston meni şunday holatga tuşirdi. Bu tuşmidi yoki röyo - hanuz anglab yeta olmayapman".
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi