Britaniyaning The Economist jurnali Global Liveability Ranking 2018 reytingini tuzib çiqdi, unda yaşaş uçun eng qulay şaharlar ma'lum qilindi.
Reytingning birinçi örnini Avstriya poytaxti Vena egalladi, ikkinçi poğonadan Avstraliyaning Melburn şahri, uçinçi örindan Yaponiyaning Osaka şahri joy oldi.
Şuningdek, birinçi öntalikka Kalgari (Kanada), Sidney (Avstraliya), Vankuver (Kanada), Tokio (Yaponiya), Toronto (Kanada), Kopengagen (Daniya) va Adelaida (Avstraliya) kirdi.
Yaşaş uçun eng yomon şaroitlarga ega şahar sifatida Suriya poytaxti Damaşq tilga olindi.
Reyting soğliqni saqlaş darajasi, madaniy rivojlaniş, atrof-muhit tozaligi, ta'lim va infratuzilmaning rivojlanganlik darajasini öz içiga olgan bir neçta körsatkiçlar asosida tuzildi.









