Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahar va qishloqlar bosh rejalari bo‘yicha yangi talablar joriy etildi
O‘zbekistonda shahar va qishloqlarni rivojlantirishga oid bosh rejalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi. Yangi talablarga ko‘ra, master rejalar yagona elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi, ro‘yxatdan o‘tmagan hujjatlar asosida qurilish va investitsiya faoliyatiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bu prezidentning «Urbanizatsiya va uy-joy qurilishi sohasida islohotlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan.
Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 noyabrdan Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi tomonidan master rejalarning yagona elektron reyestri yuritiladi. Barcha master rejalarning raqamlashtirilgan nusxalari ushbu reyestrda saqlanadi.
Shuningdek, elektron reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan master rejalarni amalga oshirish, shuningdek, ular asosida shaharsozlik, qurilish, investitsiya va boshqa faoliyat turlarini olib borish taqiqlanadi.
Yangi tartibga ko‘ra, aholi punktining bosh rejasi tasdiqlangan kundan boshlab uch oy ichida uni amalga oshirish bo‘yicha kompleks dastur ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi shart.
Kompleks dasturlar 3 yildan 5 yilgacha bo‘lgan davr uchun tuziladi. Ularda rejalashtirilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari va amalga oshirish muddatlari aniq belgilanishi lozim.
Shuningdek, kompleks dasturlarning bajarilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahri, tuman va shahar kengashlari majlislarida muhokama qilinib, uning natijalari ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
Qarorga asosan, bosh rejasi mavjud bo‘lmagan yoki ishlab chiqilganiga o‘n yildan ortiq vaqt o‘tgan aholi punktlarining bosh rejalari hamda batafsil rejalashtirish loyihalari respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ishlab chiqiladi. Bu hududlarni zamonaviy shaharsozlik talablari asosida rivojlantirish va rejalashtirish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etilgan.
Mavzuga oid
17:55 / 26.05.2025
Toshkent bosh rejasi xaritasi saytdagi yuklama sababli vaqtincha ishlamay qoldi - vazirlik
23:18 / 13.08.2019
“Raqamli ishonch” jamg‘armasi qishloqlarda loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikka chorlaydi
16:00 / 12.11.2018
Dunyodagi eng yaxshi shahar nomi ma'lum qilindi
12:57 / 14.08.2018