Ijtimoiy tarmoqlarda Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori Sayyora Xöjayevaning Farğona viloyatida yuz bergan mudhiş voqea yuzasidan munosabati katta muhokamaga sabab bölmoqda.

Unda aytilişiça, Marğilon şahridagi 1-sonli Mehribonlik uyi mansabdor şaxslariga nisbatan çiqarilgan hukm bilan sudlangan şaxslarga nisbatan yengil jazo tayinlangan. Kun.uz muxbiri masalaga oydinlik kiritiş maqsadida Jinoyat işlar böyiça Farğona viloyati sudining sudyasi Rahmatjon Arapov bilan suhbatlaşdi.
«Albatta, jinoyat qilgan şaxsga jazo muqarrar.
Sud Marğilon şahar 1-sonli Mehribonlik uyi direktori lavozimida işlagan Kamol Yakubovni JK 207-moddasining 1-qismi, 115-moddasining 1-qismi, 167-moddasi 3-qismining “a” bandi, 209-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topib, unga nisbatan jinoyatlar majmui tariqasida 4 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini belgiladi.
Özbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi 207-moddasining (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) 1-qismida körsatilgan jinoyat uçun, uşbu modda sanksiyasida, eng yuqori jazo 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari etib belgilangan.
Kodeksda 115-moddaning (ayolni öz homilasini sun'iy ravişda tuşirişga majburlaş) 1-qismida 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari, 209-moddaning (mansab soxtakorligi) 1-qismida 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanişi nazarda tutilgan.
Şuningdek, ÖzR JK 167-moddasining (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan şaxs uçun 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanişi körsatilgan», - deydi sudya.

Qonunda sudlanuvçi garçi kodeksning 167 moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topilgan bölsa-da, moddaning 4-qismida yetkazilgan moddiy zararning örni qoplangan taqdirda ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş tariqasidagi jazo qöllanilmaydi, deb körsatilgan.







