Ijtimoiy tarmoqlarda qizğin bahslarga sabab bölgan Marğilon şahridagi 1-Mehribonlik uyida sodir etilgan jinoyat işi yuzasidan sud öz hukmini çiqardi. Aybdorlar öz qilmişiga yaraşa jazo oldi, deb xabar bermoqda ÖzA.

Foto: ÖzA

Mazkur jinoyat işida sudlanuvçilar mansab sovuqqonligi, mansab harakatsizligi, juda köp miqdordagi davlat byudjyeti mablağlarini özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş, hujjatlarni qalbakilaştiriş, voyaga yetmaganlarni qiynaş, 16 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş, hatto jinsiy aloqada böliş şuningdek, ayolni öz homilasini sun'iy ravişda tuşirişga majburlaş kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan. 

Marğilondagi mehribonlik uyi işi: ular öta oğir jinoyatlar bilan ayblanmoqda

 

Mehribonlik uyi işi: guvohlar va jabrlanuvçilar körsatma berişdi 


Sobiq direktor K.Yakubovga nisbatan Jinoyat kodeksi (JK)ning 207–moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş), 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş), 209-moddasi (mansab soxtakorligi), 115-moddasi (şaxsning homilasini majburiy ravişda sun'iy tuşiriş) böyiça, şuningdek, direktor örinbosari S.Usmonov, boş hisobçi A.Möydinova, hisobçi A.Saidkamolova, feldşer I.Yöldoşev, tarbiyaçilar X.Yakubova, R.Abdufattoyev, N.Soliyeva, enagalar D.Jöraboyeva, X.Törayevaga nisbatan ham Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan ayblov hukmi çiqarildi. 

Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyati sudida sudya R.Arabov raisligida mazkur jinoyat işi xolislik va adolat mezonlari asosida körib çiqildi. 

Foto: ÖzA