Joriy yilning yanvar-iyul oylari yakunlari böyiça Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 17,8 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi va ötgan yilning şu davriga nisbatan 24,2%ga köpaydi. Bundan Davlat statistika qömitasi ma'lumotlari darak beryapti

Eksport hajmi 7,6 milliard dollarni (ösiş sur'ati 15,7 foiz), import - 10,2 milliard dollarni (ösiş sur'ati 31,4 foiz) taşkil etdi. Taşqi savdo saldosi minus 2,5 milliard dollarga teng böldi.

Asosiy savdo şerigi Xitoy bölib, u bilan aylanma $3,3 mlrd.ni taşkil etdi, bundan 1,5 mlrd dollar eksport, 1,8 mlrd dollar - import. Ösiş 33,9%ni taşkil qildi.

Keyingi örinlardan Rossiya 3,2 mlrd dollar (1,1 milliard dollar eksport, 2 milliard dollar import, 24 foiz ösiş) va Qozoğiston 1,7 milliard dollar aylanma (eksport $842 million, import $863 million, 52,5 foizga ösiş) bilan joy olgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston 106 million dollarlik uran sotgandi.