Bugun Estoniya poytaxti Tallinda UYeFA Superkubogi sovrini uçun navbatdagi bahs bölib ötadi. Tarixda birinçi marta bu sovrin uçun bir şaharning ikki jamoasi kuraşadi, ya'ni derbi.
MUSOBAQA TARIXI
UYeFA Superkubogi 1972 yilda taşkil qilingan. Bu turnir asosçisi sifatida Niderlandiyaning De Telegraaf naşri muxbiri Anton Vitkamp tilga olinadi. Öşa paytlarda Niderlandiya futboli va çempionatining darajasi qit'ada juda yuqori bölgan va Vitkamp golland jamoalarininng Yevropa maydonlarida sinovdan ötkazişning yangi yönalişini axtaradi. Kroyf boşçiligidagi «Ayaks» va «Feyyenord» öşa yillari tört marotaba Çempionlar Kubogi finalida öynab, uç marta ğolib çiqişgandi.
U paytlarda Çempionlar kubogida faqat çempion jamoalar qatnaşar, tabiiy ravişda, boşqa kuçli klublar Kubok egalari kubogi yoki UYeFA kubogida öz mahoratlarini sinab körişardi. Körinib turibdiki, Çempionlar kubogi boşqa yevrokuboklardan yaqqol kuçli bölmasdi, demakki, UYeFA Superkubogi rostan ham Yevropaning eng kuçli jamoasini aniqlovçi öyin sifatida ham qaralar edi.
Xullas, Anton Vitkamp, «Ayaks» prezidenti Yap van Prag va uning otasi Mixael van Prag öşa paytdagi UYeFA prezidenti Artemio Frankini yangi sovrinni joriy qilişga köndirmoqçi böladilar. Ammo UYeFA bu ğoyaga xayrixohlik bildirmadi, buning sabablaridan biri, öşanda superkubok uçun «Ayaks»ga raqiblik qilişi kerak bölgan «Glazgo Reyndjers» jamoasi diskvalifikatsiya qilingandi. Şu bilan birga, «Reyndjers» özining yuz yilligini nişonlayotgandi, natijada, dastlabki Superkubok uçun öyin norasmiy tusda ötadigan böldi, De Telegraaf naşri esa, homiylikni öz zimmasiga oldi. Töqnaşuv «Ayaks»ning ikki öyin natijasiga köra 6:3 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Lekin UYeFA bu uçraşuvni tan olmadi.
Aytiş kerakki, 1972 yildan beri muntazam ötkazilib kelinadigan bu musobaqa 1974, 1981 va 1985 yillarda taşkil etilmagan. Sababi, klublar uçraşuvlar vaqtini kelişa olmagan edi. 1998 yildan beri esa, ğolib faqat bir öyinda aniqlab kelinmoqda.
ISPANIYa GeGeMONLIGI
Şu bugungaça niderlandiyaliklar uç marotaba bu sovrinni yutib olişgan bölsa, ayniqsa, sönggi yillardagi yaqqol ustunlik evaziga La Liga jamoalari ança ilgarilab ketişdi. Ispan jamoalari hammasi bölib 14 marotaba Yevropa Superkubogini qölga kiritişgan bölsa, şundan 8tasi sönggi 9 yilga töğri keladi. Keyingi örnidagi italiyaliklarda 9ta Superkubok sovrini mavjud.
Mavzuga oid
Bu safar ispanlar 15-marotaba bu sovrinni yutib olişlari aniq, zero, sönggi beş yilda törtinçi marotaba Superkubok uçun ikki ispan jamoasi maydonga tuşayotganini körmoqdamiz. Bu safar bu bilan ham qanoatlanmay, nafaqat bir davlat, balki bir şaharning ikki jamoasi hal qiluvçi öyinda raqib böladi. Demak, bu yilgi Superkubok sovrini Madridga ketişi aniq.
«Real» bu öyinda ğalaba qozonsa, öz tarixida beşinçi marotaba Yevropa Superkubogi sohibi böladi va bu borada yetakçi bölgan «Milan» va «Barselona»ga yetib oladi. «Atletiko» ğalaba qozonsa, bu jamoa uçun uçinçi Superkubok böladi va «Liverpul» hamda «»Ayaks» kabi jamoalariga yetib olinadi.
JAMOALAR HOLATI
Aytiş kerakki, sönggi yillarda Yevropa Superkubogi klublar uçun mavsum oldidan muhim nazorat uçraşuvi sifatida qabul qilinyapti. Avgust oyi, hali jamoalar endigina mavsumoldi yiğinlarni yakunlab, çempionat öyinlarini boşlaş arafasida, köp futbolçilar, ayniqsa, jahon çempionatidan söng, töliq sport formasiga kirib ulgurmagan bölişadi.
Ammo baribir, Yevropaning ikki kuçli klubi mavsumga qanday holatda kirib kelayotganini köriş ham qiziq. Şuningdek, «Real» boşqaruvini qölga olgan Lopategi uçun ham ilk rasmiy öyinni sovrin yutib oliş bilan boşlaş muhim bölsa kerak.
Ispaniyada hali transfer oynasi yopilmagani uçun hali özgarişlar bölişi, masalan, «Real» Azarni yoki Keynni, balki Mbappeni sotib olişga urinib körişi mumkin. Bugungi holatda esa, «Real»ning transfer siyosatini u qadar faol deb bölmaydi. Aksinça, «Atletiko»ni bu borada maqtaş mumkin, bir qator ingliz grandlari qölga kiritmoqçi bölgan Toma Lemarning 70 million yevroga «Atletiko»ga kelişi Simeone jamoasining yangi mavsumdan umidi katta ekanini bildiradi.
Aslida, «Atletiko»ning yana bir yilga Antuan Grizmanni saqlab qolganining öziniyoq katta yutuq sifatida qabul qilsak böladi. Şuningdek, xorvatiyalik hujumçi Nikola Kaliniç 15 million yevroga va «PSV» himoyaçisi Santyago Aryas 11 millionga sotib olindi. Aryas «Inter»ga transfer qilingan Vrsalkoning örnini bosişi kerak bölsa, Kevin Gemeyro «Valensiya» a'zosiga aylandi, Fernando Torres ham Madridni tark etdi. Nikola Kaliniç aynan hujum çiziğida harakat qiladi.
«Real» Ronalduni «Yuventus»ga sotib yuborganidan taşqari, Mateo Kovaçiç «Çelsi»ga ijaraga berildi. Belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua nihoyat «Çelsi»dan ketib, «Real» libosini kiyadigan böldi. Şuningdek, nazorat öyinlarida iliq taassurot qoldirgan himoyaçi Odrisiola va Braziliyadan 45 million yevro evaziga kelgan Vinisius Juniordan ham umid katta.
Nazorat öyinlariga kelsak, «Real» yiğinlardagi ilk öyinini ikki hafta oldin AQŞda «Mançester Yunayted»ga qarşi ötkazdi va 1:2 hisobida yutqazdi. Keyingi ikki öyin ham okeanortida bölib ötdi va Italiya jamoalari «Yuventus» va «Roma» ustidan mos ravişda 3:1 va 2:1 hisobida ustun kelindi. 11 avgust kuni «Milan»ga qarşi Madridda bölib ötgan öyin esa, 3:1 hisobida Lopategi şogirdlari ğalabasi bilan yakunlandi.
«Atletiko»ning mavsumoldi öyinlari biroz kamtarona ruhda ötdi, deyiş mumkin. «Arsenal» va «Ştutgart» bilan bir xil – 1:1 hisobida duranglar qayd etilgan bölsa, «PSJ» bilan öyinda raqib 3:2 hisobida ustun keldi. Yana bir mağlubiyat uç kun oldin «Inter» bilan öyinda qayd etildi. Madridda bölib ötgan öyinda italiyaliklar minimal hisobda ğalaba qozonişdi. Yiğinlardagi yagona ğalaba Kalyarida mahalliy jamoa ustidan 1:0 hisobida qölga kiritildi xolos.
TAXMINIY TARKIBLAR
Bugungi öyinga har ikki jamoa ham deyarli töliq tarkib bilan yetib kelmoqda. «Real» tarkibida sezilarli yöqotiş sifatida Luka Modriçni körsatiş mumkin. Birinçidan, JÇ finalida maydonga tuşgan bu futbolçi şeriklaridan ança keç ta'tilni tugatdi va hali sport formasida emas. Ikkinçidan, uning «Inter»ga ötiş masalasi hamon oçiq qolmoqda. Futbolçi va uning agenti uşbu transfer tarafdori, «Real» esa yetakçi yarim himoyaçisini saqlab qolmoqçi. Italiyada transfer oynasi 2 kun içida berkilişini e'tiborga olsak, şu kunlarda Modriçning taqdiri uzil-kesil hal böladi. Şuningdek, jarohatlar tufayli Valexo va Odriosola ham bugun «Real»ga yordam bera olmasa kerak.
– Biz, albatta, yutişni xohlaymiz, ammo buning uçun tayyor bölişimiz kerak. Bizni qiynab qöyişi aniq bölgan kuçli raqib ustidan ğalaba qozoniş uçun qölimizdan kelgan barçasini amalga oşiramiz. «Atletiko» – bir qança ajoyib futbolçilar va ajoyib murabbiyga ega bölgan, bir neça yildan beri töğri yönalişda harakat qilayotgan jamoa. Bu final. Har ikki jamoa ham osonlikça taslim bölmaydi. Lekin biz bu yerga ğalaba qozoniş uçun keldik va «Atletiko»ni qanday yutişni bilamiz.
Diyego Simeone (Atletiko)
– Biz ötgan yilga nisbatan yanada kuçaymoqçimiz va buning uçun nima qiliş kerakligini tuşunib turibmiz. «Real» yangi murabbiy qöl ostida yangi uslubda harakat qiladi, bizning maydonimizda töpni egallaş va nazorat qilişga urinadi. Lopategi Ispaniya terma jamoasida ham bu falsafaga ergaşgan va albatta, «Real»da ham buni davom ettiradi. Biz uçun eng muhimi, öyinda emotsiya bilan öynaş va irodani namoyiş qila oliş. Biz buni eplaymiz. Jamoa bilan kelgan barça futbolçilar soğlom va öyinga tayyor holatda.
FAKTLAR
«Real» UYeFA Superkubogini qatorasiga uç marta yutgan ilk klubga aylanişi mumkin. Ammo «Atletiko» şu paytgaça Superkubok uçun ikki marta maydonga tuşgan bölsa, ikkala öyinda ham ğalaba qozongan.
2013 yildan buyon «Atletiko»ni yevrokuboklardan faqat «Real» çiqarib yubormoqda.
«Real» va «Atletiko» yevrokuboklarda bugungaça töqqiz marta qarşi kelişgan. Bu öyinlarning barçasi Çempionlar Ligasi yoki Çempionlar Kubogi turnirlariga töğri keladi.
«ReAL» va «ATLeTIKO»ning Yevropa Superkubogidagi uçraşuvlari
ReAL:
1998 yil. ÇeLSI – ReAL 1:0 (Gustavo Poyyet, 83)
2000 yil. ReAL – GALATASAROY 1:2 (Raul, 79 – Jardel, 41, 103)
2002 yil. ReAL – FeYYeNORD 3:1 (Pauve avtogol, 15, R. Karlos, 21, Guti, 60 – van Xeoydonk, 56)
2014 yil. ReAL – SeVILYa 2:0 (Ronaldu, 30, 49)
2016 yil. ReAL – SeVILYa 3:2 (Asensio, 21, Ramos, 90+3, Karvaxal, 119 – Vaskes, 414, Konoplyanka, 72)
2017 yil. ReAL – MANÇeSTeR YuNAYTeD 2:1 (Kazemiro, 24, Isko, 52 – Lukaku, 62)
ATLeTIKO:
2010 yil. ATLeTIKO – INTeR 2:0 (Reyyes, 62, Aguero, 83)
Uçraşuv bugun, 15 avgust kuni, Toşkent vaqti bilan soat 24:00da boşlanadi. Öyin Estoniya poytaxti Tallin şahridagi «Lileklyula» stadionida bölib ötadi. Olti yil oldin UYeFA 1998 yildan beri davom etib kelinayotgan an'ana - Superkubok öyinlarini Monte Karlodagi Lui II stadionida ötkazişdan voz keçdi va şu tariqa futbolda u qadar rivojlanmagan mamlakatlar ham Yevropa Superkubogi öyinidan jonli tarzda bahramand bölmoqda. Sönggi yillarda Praga, Kardiff, Tbilisi, Tronxeym va Skope şaharlari UYeFA Superkubogi öyinini qabul qildi.
Birgina muammo sifatida stadion siğimining kiçkina ekani tilga olinayotgandi va hatto klublar öyinni Madridga köçiriş böyiça taklif bilan çiqişdi. Ispaniya ommaviy axborot vositalari stadionning atigi 10 500 tomoşabinni siğdira olişi haqida yozib vahima kötardi, lekin bu eski ma'lumot edi. UYeFAning «Xet Trik» loyihasiga tuşgandan söng, «Lileklyula» siğimi ikki barobarga köpaygan.
Uçraşuvni polşalik hakam Şimon Marçinyak öz yordamçilari bilan boşqarib boradi.
Özbekistonlik futbol muxlislari bu öyinni jonli efirda «Futbol TV» telekanalidan körişlari mumkin.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi