Toşkent şahrining Yunusobod tumanida Şayx Şibliy mahallasi bor. Şu köçadan ötganda şu uluğ insonni yodga olmoq köngillardagi ezgu fazilatlarning ulğayişiga sabab bölsa ajab emas.

Abubakr Şibliy (859-946) öz davrining közga köringan ulamolaridan bölgan. Uning suhbati, hatto uni bir köriş ham zamondoşlarining orzusi bölgan ekan. Allomaning Xudoni yurakka jo etib, halol mehnat bilan şuğullaniş, ta'lim-tarbiya haqidagi fikr-xulosalari, ba'zi hikoyat va rivoyatlari, pand-nasihatlari hanuzgaça xalqimiz orasida barhayot.

Rivoyatlarga köra, Şayx Şibliy darveş libosida bozorga kelib, nonvoydan Xudo yöliga bir non sörabdilar. Nonvoy esa, «Qaysi biringga beray, bor, yölingdan qolma», deb u kişini ranjitibdi. Ikkinçi nonvoy esa şerigiga «Şayx Şibliyni köriş istaging yolğon ekan-da?» debdi. Qilmişidan puşaymon nonvoy Şayxni darhol topib, bu gunohini yuviş uçun xaloyiqqa «xudoyi» deb oş beribdi. Şayx Şibliy ham ziyofatga taşrif buyurib, törda ötirgan ekanlar. Ma'raka oxirida jamoadagilardan biri Şayxdan nonvoy haqida bir duoi xayr qilişini sörabdi. Şunda Şayx Şibliy: «Bu nonvoyga duoning xojati yöq. Zero, u Xudo yöliga bir nonni ravo körmadi, Şibliy uçun esa şunça ziyofat berdi», degan ekan.

Xulosa şuki, xayr-ehson, yaxşilik kim uçundir emas, özi uçun ham emas, Alloh yöliga qilinişi kerak.