Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan Özbekiston Respubikasi Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi 2018 yil 7 avgustdagi 631-sonli qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida mamlakatimizda oilaviy mehmon uylarini taşkil etiş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda.
Özbekiston Respublikasi turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi mutaxassislari oila va xonadonlarni joyiga çiqib örganib, oilaviy mehmon uylari tuşunçasi, ularni taşkil qiliş şartlari, tartibi, faoliyat yuritiş jarayoni va bunda davlat tomonidan belgilangan kredit va soliq imtiyozlari töğrisida aholimizga va keng jamoatçilik orasida tuşuntiriş işlarini amalga oşirişmoqda.

Mazkur vazifani amalga oşirişda Özbekiston Prezidentining “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oşiriş töğrisida”gi 2018 yil 7 iyundagi 3777-sonli qarorida belgilab berilgan mexanizmlardan keng foydalangan holda oilaviy mehmon uylarini oçiş va tadbirkorlik faoliyatlarini yölga qöyişlarida tijorat banklarining imtiyozli mikrokreditlarini jalb qiliş asosida mehmon uylari faoliyatini taşkil etişga kömaklaşib kelmoqda.
Birgina Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz şahri va Şahrisabz tumani aholisi bilan bir hafta davomida olib borilgan bevosita muloqot natijasida oilaviy mehmon uylari taşkil qiliş orqali tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişga qiziqiş bildirgan 67 nafar taşabbuskor aniqlandi, ularning 44 nafariga faoliyatini yölga qöyişga kömaklaşiş maqsadida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Şahrisabz filialining imtiyozli mikrokreditlari jalb qilindi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taşabbusni qöllab-quvvatlaş va amalga oşirilişi natijasida bir vaqtning özida 370 dan ortiq mehmonlarni şinam va zamonaviy oilaviy mehmon uylarigajoylaştiriş imkoniyati va 170 dan ortiq iş örinlari yaratiladi.

Joriy yilning 14 avgust holatiga köra, 155 örinli 26 ta oilaviy mehmon uyi öz faoliyatini yölga qöyib, xorijiy va respublikamizning boşqa viloyatlaridan kelayotgan sayyohlar va mehmonlarni joylaştiriş uçun tayyorlab qöyildi.
Oilaviy mehmon uylari hududning turistik salohiyatini oşirişga xizmat qilib, xususan joriy yilning sentabr oyida Şahrisabzda ötkazilişi möljallangan “Xalqaro maqom san'ati anjumani”ga taşrif buyuradigan sayyohlarni milliylikni saqlagan holda zamonaviy şaroitlar bilan kutib oliş imkonini beradi.
















