2018 yil 14 avgust kuni Xalq deputatlari Uyçi tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lum qildi.
Uni Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengaşi deputati Fazliddin Muhiddinov olib bordi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi Xayrullo Bozorov sözga çiqdi. 2017 yildan Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan Muxammadayubxöja Pölatoviç Apaqov Uyçi tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi, viloyat hokimining şu haqdagi qarori sessiyada bir ovozdan tasdiqlandi.
Muxammadayubxöja Apaqov bildirilgan işonç uçun minnatdorçilik bildirib, Uyçini viloyatdagi yetakçi tumanlar safiga olib çiqişga va'da bergan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Uyçi tumani hokimi A.Turdiyev, tuman prokurori B.Abduraximov, tuman içki işlar bölimi boşliği R.Usubjonov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boşliği R.Ataxanov egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.








