Estoniya poytaxti Tallin şahridagi «LeCoqArena»da UYeFA superkubogi uçraşuvi bölib ötdi. Unda Ispaniya La-Ligasi vakillari «Real» va «Atletiko» maydonga çiqişdi.

Yodingizda bölsa, «Real» Madrid 2017/18 yilgi mavsumda Yevropa çempionlar ligasini qatorasiga 3 marta, jami 13-marta qölga kiritgan edi. «Atletiko» esa Yevropa ligasi ğolibi sifatida maydonga çiqdi.

Uçraşuvning birinçi daqiqasidanoq matrasçilar hujumçisi Diyego Kosta hisobni oçdi. U Godin tomonidan yetkazib berilgan töpni darvozaga bexato joyladi — 0:1.

27-daqiqada Garet Beyl öng qanotdan töpni xavolatib uzatdi, töp Godin va Saviçdan ötib ketib, uzoq burçakda turgan Karim Benzemaga kelib tuşdi va u zarba berişda darvozabonni aldab hisobni tenglaştirdi — 1:1.

Jamoalar birinçi bölimni şu hisobda yakunlaşdi.

Ikkinçi bölimda «Real» hisobda oldinga çiqib oldi. Burçakdan zarba uzatilayotganida Godin töpni qöli bilan öynadi. Şu vaziyatda Kosta esa köp gapirgani uçun ogohlantirildi.

11 metrlik nuqtaga qöyilgan töpni «blankos»lar sardori Serxio Ramos darvozaga aniq yölladi — 2:1.

Birinçi bölimning asosiy vaqti tugaşiga 10 daqiqaça vaqt qolganida yana Diyego Kosta katta sahnaga çiqib keldi. Avvaliga u çalqança zarba bilan töp uçun kuraşib, uni egallab oldi, söngra töp bilan darvozabon maydonçasiga bostirib bordi, söngra yelib kelayotgan Korrea Navasni öziga çorlab, uni çalğitişini kutib turdi va oçiq qolgan darvozani qiynalmay işğol etdi — 2:2!

Uçraşuvning asosiy vaqti 2:2 hisobida yakunlangaç, 15 daqiqadan yana ikkita qöşimça bölimlar ötkazildi. Qöşimça bölimlarda «Real»ning öyin sur'atida pasayiş yaqqol bilinib qoldi.

99-daqiqada yuza çiziğidan turib Parti tomonidan yetkazib berilgan töpga eng qulay pozitsiyani egallab olgan Saul darvoza tomon çiroyli zarba berdi — 2:3!

104-daqiqada Diyego Kosta qanotda Karvaxalni doğda qoldirdi va jarima maydoni içida özi tomon raqibning bir emas tört futbolçisini jalb qilgan holda orqaga, darvoza tomon uçib kelayotgan Vitologa pas berdi. U esa töpni özidan ham erkinroq pozitsiyada turgan Kokega oşirdi va Navas darvozasidan törtinçi töp örin oldi — 2:4.