«Özbekkino» milliy agentligi va xususiy kinostudiyalar hamkorligida Jahongir Ahmedovning «Islomxöja» nomli ilk töliq metrajli badiiy-publitsistik filmi suratga olindi. Kinokartina tarixiy şaxs, XIX asrning oxiri – XX asrning boşlarida Xiva xonligida katta islohotlar ötkazgan ma'rifatparvar vazir Islomxöjaning fojiaviy ölimi haqida.

15 iyul kuni «Premier Hall» kinoteatrida film ijodkorlari va jurnalistlar bilan birgalikda matbuot anjumani hamda filmning yopiq taqdimoti bölib ötdi. Anjumanda «Özbekkino» MA boş direktori Furqat Zokirov öz fikrlarini bildirib ötdi.

«Bu yerga jurnalistlar, san'atşunoslarni yiğişimizdan maqsad film haqida keng jamoatçilik fikrini töğri şakllantirişdir. Odatda, kinoprem'yeradan söng tomoşabinlar fikri söraladi. Kimdir töğri, xolis fikr bildiradi, yana kimdir baholay olmaydi. Bir neça kişining gaplari orqali auditoriya öziça xulosa çiqaradi. Şu kabi noaniq tuşunçalarning oldini oliş maqsadida, filmni xalqqa taqdim etişdan oldin  siz mutaxassislar, xolis baholovçilar hukmiga havola etişimiz kerak. Siz jamoatçilik fikrini şakllantirişda muhim böğin vazifasini bajarasiz. Toki odamlar kinokartina haqida noxolis va noprofessional tuşunçaga ega bölmasin. Bunda töğri axborot beriş juda muhim hisoblanadi», deya uning sözlarini keltirmoqda «Kun.uz» muxbiri.

Şuningdek, tadbirda özbek kinosida keçayotgan jarayonlar xususida ham batafsil ma'lumot berildi. Jumladan, «Özbekkino» MA tomonidan 2017-2018 yillarda turli mavzu va yönalişlarda 64ta film suratga olingan. Şulardan 23tasi töliq metrajli, 4tasi qisqa metrajli, 26tasi hujjatli va 7tasi multiplikatsion filmlardir. «Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi» DUK tomonidan joriy yilning avgust oyi holatiga köra, 26 nomdagi tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni yorituvçi, zamondoşlar haqida hikoya qiluvçi hujjatli filmlar suratga olinmoqda va ulardan 7tasi katta ekranlarda namoyiş etildi.

«Islomxöja» filmining özbek kinotomoşabinlari uçun premerasi şu oy oxiriga möljallangan.