Taniqli rejissyor Jahongir Ahmedov yangi loyihaga qöl urdi. U tomonidan badiiy-publitsistik janrida tarixiy film suratga olindi va u XX asrning eng maşhur kişilaridan biri bölmiş Xiva xonligining boş vaziri Islomxöja hayotiga bağişlandi. Filmda mazkur qahramonning hayot yöli, davlat va jamiyatni isloh qilişda olib borgan işlari, turli fitnalar va xavf-xatarlarga töla hayoti yoritib berilgan.
Stsenariy muallifi Jörabek Rözimetov, postanovkaçi rejissyor Jahongir Ahmedov, postanovkaçi operator Jahongir Ibragimov, postanovkaçi rassom Akmal Saidov. Uşbu filmda, şuningdek, maşhur aktyorlar Uluğbek Qodirov, Alişer Uzoqov, Asal Şodiyeva, Matyoqub Matçonov, Boir Xolmirzayev, Muhammad Ali Abduqunduzov, Oleg Galaxov, Oskar Jalilov, Ma'ruf Otajonov va boşqalar turli obrazlarni gavdalantirişgan.

Islomxöja kim edi?
XX asr boşlarida nafaqat Xorazm muzofoti balki, butun Markaziy Osiyo hududida, hatto Çor Rossiyasining amaldorlari orasida ham yuksak nufuzga ega bölgan Xiva xonligining boş vaziri Islomxöja öz davrining taraqqiyparvar, xalqparvar davlat va jamoat arboblaridan biri edi. Ön yetti yoşidan Xivadan keyin strategik ahamiyat kasb etadigan, xonlikning savdo va sanoat markazlaridan biri hisoblanmiş Hazorasp bekligiga hokimlik qilgan Islomxöja yigirma olti yoşida Xiva xonligining boş vazirligiga tayinlanadi. Tarix zarvaraqlarida ma'rifat, adabiyot va san'at homiysi sifatida hurmat qozongan, Xiva xonligida uzoq hukmronlik qilgan Muhammad Rahimxon II Feruz Islomxöjaning uzoqni köra biliş zehnini, siyosiy bilimdonligini nihoyatda qadrlaydi.

Feruzxon vafotidan keyin taxtga ötirgan valiahd Asfandiyor töraning hukmronligi boşlanişi bilanoq Islomxöja xonlikning barça muhim va mas'uliyatli vazifalarini öz zimmasiga oladi. Xiva “Içan qal'asida” köplab inşootlar qurdiradi. Qal'a taşqarisida yangi şahar loyihasini işlab çiqib zamonaviy kasalxona, telegraf binosi va Nurullaboy saroyini barpo etadi. Ayniqsa, uning taşabbusi bilan xonlikdagi ekin yerlari, vaqf yerlari, suğoriliş tizimi, soliq yiğiş va saroy xizmatçilariga maoş tölaş tartibi joriy etilib bu islohotlarning nazorati boş vazir Islomxöjaning zimmasiga yuklatiladi.























