Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Qurbon hayitini nişonlaş töğrisida»gi farmoni imzolandi.

Unga köra, Özbekiston musulmonlar idorasining Qurbon hayitining birinçi kuni 21 avgust seşanba kuniga töğri kelişi haqidagi murojaati inobatga olinib, Qurbon hayitining birinçi uç kuni, ya'ni, 21-23 avgust kunlari bayram sifatida keng nişonlanişi belgilangan.

Özbekiston prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi «2018 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi farmoni 2-bandining oltinçi xatboşisidagi «24 avgust - jumaga» sözlari «22 avgust - çorşanbaga» sözlari bilan almaştirilgan.

Mazkur farmonda şuningdek 25 avgust şanbadagi dam oliş kunini 23 avgust payşanba kuniga köçiriş belgilangan edi.

Şu tariqa, 21–23 avgust kunlari 5 kun işlaydiganlar uçun, 21-22 avgust kunlari 6 kun işlaydiganlar uçun dam oliş kuni böladi.