Respublika bojxonaçilari tomonidan çegara-bojxona va taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlaridan sönggi kunlarda aniqlangan yirik qoidabuzarliklar haqida xabar berişda davom etamiz.
Toşkent şahar bojxona boşqarmasi. “Ark-buloq” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tovar-moddiy boyliklarning bojxona nazoratidan yaşirinça olib kirişga bölgan urinişni bartaraf etişdi.

Xususan, poytaxtimizdagi mas'uliyati çeklangan jamiyatlardan birining nomiga Xitoydan keltirilgan kulerlar ya'ni içimlik suvini quyişga möljallangan apparatlar hujjatlarda körsatilganidan köra 90 donaga köpligi foş qilindi. Uşbu tovarlarning taxminiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga köra 63 mln. sömni taşkil qilmoqda va bu holat böyiça tekşiruv işlari olib borilmoqda.
“Boş poçtamt” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti. Mazkur postda esa tangalarning poçta jönatmalari orqali yuborilişiga doir holat aniqlandi. Ularning ayrimlari esa yaratilganiga ellik yildan oşgani bois madaniy boyliklar sirasiga kiradi.

Rossiya Federatsiyasidan Yangiyöl şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro B.A. nomiga bojxona deklaratsiyasida körsatilmagan holda 1922 yildan boşlab, 2018 yilga qadar turli yillarda va turli davlatlarda zarb qilingan kumuş, oddiy, suvenir va yubiley tangalar hamda 1961-1995 yillarda muomalaga kiritilgan 12 dona qoğoz pul birliklari poçta jönatmasi orqali yuborilgan ekan.
Mazkur pul birliklarining dastlabki qiymati taxminiy hisob-kitoblarga köra 25, 5 mln. sömga baholangan.
Eslatma: Amaldagi tartiblarga köra, xorijiy fuqarolar (şu jumladan xorijiy diplomatik va konsullik vakolatxonalari boşliqlari) va boşqa şaxslar tomonidan Özbekiston Respublikasiga vaqtinça olib kiriladigan madaniy boyliklar tegişli bojxona hujjatlarida körsatilişi kerak.
Madaniy boyliklarni poçta jönatmalarida yuboriş qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.













