Çernogoriyada yalqovlik böyiça 6 ta musobaqa iştirokçilari avvalgi yillarning rekordini yangilab, mukofotni teng bölişib olişdi. Heç narsa qilmay yotiş böyiça avvalgi rekord 47 soatni taşkil qilgan.
Musobaqalar 2012 yildan beri ötkazib kelinadi. Musobaqalar qoidalari oddiy: iştirokçilar bir vaqtda çoyşab ustiga yotib, örnilaridan turmagan holda iloji boriça köproq yotişlari kerak. Ularga yeyiş, içiş va suhbatlaşişga ruxsat beriladi.
Musobaqada 15 nafar çernogoriyalik va 3 nafar serbiyalik iştirok etgan, biroq ğoliblar faqat çernogoriyaliklar bölgan.
Nikşiç şahrida yaşovçi Miloş Raduloviç va Anjyela Dendiç, podgoritsalik Milka Doderoviç va tivatalik Diyana Laboviç 49 soat yalqovlikdan keyin yilning eng katta yalqovi unvonini özaro bölişib olişga qaror qilişgan. Örtaga unvondan taşqari 400 yevro miqdoridagi mukofot puli ham tikilgandi.
“Biz rekordni yangilaganimiz sababli, birga örnimizdan turişga va mukofotni bölişib olişga qaror qildik. Men sport klubi a'zosiman va 50 km lik masofaga yuguraman. Biroq menga 50 kmga yugurişdan, 50 soat yotiş qiyinroq böldi. Çunki yugurayotganingda töxtaşing mumkin, yotganingda esa yöq”, deb aytgan ğoliblardan biri Milka Doderoviç.
Sobiq Yugoslaviya sarhadlarida çernogoriyaliklar işlaşni unça xuş körmaydigan millat reputatsiyasiga ega. Çernogoriyaning özida bunga unça ham qarşi çiqişmaydi va “Çernogoriyalikning 10 qoidasi” deb nomlanuvçi suvenirlar sotişadi. Unda çernogoriyaliklar turmuş tarzi qoidalari hazilomuz şaklda sanab ötilgan. Ulardan birinçisi va asosiysi “Odam çarçagan holda tuğilib, dam oliş uçun yaşaydi” deb yangraydi.












