«Özbekneftgaz» AJning Kun.uz’ga xabar berişiça, Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari - «Özbekneftegaz» AJ boşqaruvi raisi Alişer Sultonovning ahvoli jiddiy xavf ostida emas, hozirda uning holatini şifokorlar nazorat qilib turişibdi.
Tibbiyot xodimlarining ta'kidlaşiça, Alişer Sultonovda jiddiy jarohatlar yöq, uning holati yaxşilanmoqda va u tez orada işga qaytadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq 20 avgust kuni Özbekiston hukumati rahbariyati korteji Toşkent viloyati Bekobod tumani hududida yöl-transport hodisasiga uçragani xabar qilingandi.
Aniqlik kiritilişiça, Bekobod tumaniga ketayotgan kortej Dehqonobod MFY yaqinida avariyaga uçragan. Uşbu YTH oqibatida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va uning örinbosari, Alişer Sultonov jarohat olgan.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi ma'lumotiga köra, qarama-qarşi yönalişda harakatlangan «Damas» rusumli avtomobil haydovçisi boşqaruvni yöqotib, kortejga urilişi oqibatida yöl-transport hodisasi yuzaga kelgan.








