Elli yer – bozor, elsiz yer – mozor. Elning bozoriga, mozoriga teginma, degan maqollarni ajdodlarimiz bekorga aytişmagan. Samarqandning Payariq tumanida joylaşgan Çelak şahri dehqon bozori ham köpçilikka yaxşi taniş. Nafaqat qöşni tumanlar, balki yaqin atrofdagi boşqa viloyat tumanlari fuqarolari ham azaldan şu yerga kelib, bozor-öçar qilişga odatlanişgan. Qolaversa, u Özbekistonning bugungi kunda ham faoliyat yuritib turgan qadimgi bozorlaridan biri hisoblanadi. Bozor tarixi 300-400 yildan oşadi. Biroq mazkur bozorni köçiriş bilan boğliq işlar ölda-jöldaligi, bir neça yildan beri uzil-kesil hal qilinmay çözilib kelayotgani aholini qiyin ahvolga solib qöygan.

Kun.Uz sayti xodimlari uşbu bozor bilan boğliq köplab murojaatlar tuşgani sababli vaziyatni örganiş maqsadida Samarqand viloyatiga xizmat safari uyuştirib, holatni örganişga harakat qildi. Dastavval, bu yerda savdo qilayotgan fuqarolar bilan muloqot qiliş asnosida bozordagi umumiy sanitar-gigiyenik vaziyatga ham e'tibor qaratdik.
Mahalliy aholining sözlariga köra, eski dehqon bozori 2015 yildan beri yopilgan bölib, sotuvçilar yangi bozorga aholi bormasligi tufayli şu yerga kelib savdo qilişga majbur. “Qolaversa, şahar aholisining aksar qismi bozor atrofidagi mahallalarda istiqomat qilişi inobatga olinsa, işdan qaytayotganlar uçun uyiga u-bu narsa xarid qilişda eski bozor ança qulay. Biror kilo meva-çeva yoki 4ta non olib uyiga qaytadigan odam heç qaçon taksiga ötirib yangi bozorga bormaydi”, - deydi suhbatdoşlar.

Bozorda savdo qiluvçilarning aksariyati, yangi emas, eski bozorda şaroit yaxşilansa maqsadga muvofiq bölişini, bu yerda savdo qiluvçilar ham qonuniy tartibda faoliyat yuritişdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidlaşdi. Hatto ayrimlari, oilaviy şaroiti töğri kelmagani bois, Samarqand şahridan non olib kelib sotiş bilan tirikçilik qilişini, boşqa birlari öz tomorqasida yetiştirgan mahsulotini sotaman, desa tuman soliq va içki işlar idoralari xodimlarining keskin çoralaridan aziyat çekayotganliklarini aytişdi.
Axir na buzilgan, na buzilmagan dehqon bozorida içki işlar va soliq xodimlaridan qoçib, kun keçiriş ilinjida, ming xavotirda non, kökat, bir qutida pomidor yoki bodring sotayotganlarga közimiz tuşdi. Ular ham özimizning fuqarolar, ular ham öğirlikni or bilib, halol mehnat bilan uyimga 4-5 söm pul orttirib boraman, degan umidda bozorga çiqişgan emasmi? Agar, boşqa daromad manbai bölganida, ular bozorga çiqib, soliq va içki işlar xodimlari bilan asabbuzarlik qilişarmidi?




















