Saudiya Arabistoni boşçiligidagi xalqaro koalitsiya aviatsiyasining Yamanda qoçqinlar karvoniga bergan zarbasi oqibatida halok bölganlar soni 31 nafarga yetdi. Bu haqda husiylarga tegişli “Al-Masira” telekanali efirida tan olinmagan milliy qutqaruv hukumati vakili Abdusalom Ali Jabbor ma'lum qildi. Avvalroq 26 kişi halok bölgani ma'lum qilingan.
Husiylarning ma'lumotlariga köra, qoçqinlar bölgan avtomobillar karvoniga husiylar tomonidan nazorat qilinuvçi Xudaydo şahri yaqinidagi Ad-Durayhimi aholi punktida hujum qilingan. Ma'lum qilinişiça, hujum oqibatida 22 bola va 4 ayol halok bölgan.








