Özbekiston sport gimnastikasi jamoasi bugungi bahslarda medal ololmadi. Brus maşqlarini bajariş böyiça bahslarda tajribali sport gimnastikaçisi Anton Fokin finalga yöllanma ololmadi. Medallar Xitoy Taypeyi va Xitoy vakillariga ketdi.

Özbekistonning sport gimnastikasidagi yana bir vakili Rasuljon Abdurahmonov esa finalga çiqdi. Ammo u asosiy bahslarda eng yomon natijani qayd etib, sakkizinçi böldi. Oltin va kumuş medallar xitoylik Zou Jingyuan va Xiao Ruotengga nasib etdi, yaponiyalik Çiba Kenta bronza medal bilan taqdirlandi.

Vladislav Mustafin 50 metrga bras suziş bahslarida uçinçi natija bilan finalga yöl oldi. Ammo u finalda beşinçi örinda qoldi. Medallar mos ravişda yaponiyalik Koseki Yasuhiro, xitoylik Yan Zibey va qozoğistonlik Dmitriy Balandin örtasida taqsimlandi.

Özbekiston jiu-jitsu böyiça bahslarda ham medal ololmadi. -56 kg vazn toifasidagi Akmal Amirov bronza medali uçun bahsda qozoğistonlik Saydali Nurjonga imkoniyatni boy berdi (2:4).

Oğir atletika böyiça final bahslarda -85kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Sunnatilla Ösarov dast kötarişda 158 kg, siltab kötarişda 182 kg, jami 340 kg natija körsatdi va oltinçi örinni egalladi. Bu vazn toifasida oltin medalni Iroq vakili Aljumayli Safa Raşid Mahmud qölga kiritdi (361 kg). Keyingi örinlarni janubiy koreyalik Jang Yonhak (360 kg) va şimoliy koreyalik Jon Myong Song (348 kg) egalladi.

Özbekistonlik golfçilar jamoasi 20 jamoa orasida 19-örinni egalladi. Yakkalik bahslarda ham Özbekiston vakillari quyi örinlarni band etişdi - Kanatbek Kurbanaliyev - 75, Ten Roman - 78 va Sergey Çen - 81.