Google poçtasida barça foydalanuvçilar uçun “özi öçirib yuboriluvçi” elektron maktubni jönatiş funksiyasi amal qila boşladi. Bu haqda kompaniya ma'lum qildi.
Endi Gmail poçta xizmati foydalanuvçilari elektron maktubni jönatişda u Google serverlari va maktubni oluvçining poçta qutisidan avtomatik tarzda öçiriladigan sanani körsata olişadi. Sana bir kundan beş kungaça qilib örnatilişi mumkin.
Bundan taşqari, bunday maktublarni boşqalarga jönatiş, bosmadan çiqariş yoki undagi matnni köçirib oliş imkoni yöq.
Bundan taşqari, Gmail mobil qurilmalarda jönatilgan maktublarni tahrir qiliş imkonini yölga qöydi. Unga köra, foydalanuvçilar jönatilgan maktublardagi xatolarni töğrilaşlari yoki umuman maktubni öçirib taşlaşlari mumkin.










