24 avgust Montereydagi (AQŞ, Kaliforniya) The Quail: A Motorsports Gathering avtosalonida Bugatti özining eng yangi superkari – Divöni taqdim qildi. Divo modeli Bugatti Chiron kupesi negizida qurilgan bölib, biroq uning kuzov panellari mutlaq özgaçadir. Avtomobil aerodinamikasi batafsil işlab çiqilgan, şassi va podveskasi özgartirilgan. Yangi diffuzor va aksqanot örnatilgan bölib, maşinani bosiş kuçini 90 kg ga, ya'ni 456 kggaça oşirgan.
Şuningdek, Divo modeli Çiron’dan 35 kg yengilroq bölib, uning konstruksiyasida köproq karbon, salonida yengil alkantara qöllangan.
Maşina dvigateli quvvati özgarişsiz qoldirilgan, ya'ni 1500 ot kuçini taşkil qiladi. Ammo maksimal tezligi 380 km/soat bilan çegaralangan.
E'tiborlisi, narxi 5 mln yevroni taşkil qiluvçi uşbu avtomobildan 40 dona işlab çiqarilgan bölib, ularning barçasi bir zumda sotib yuborilgan.











