Avtomobil 8 litrli, 16 silindrli benzin dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatelning quvvati 1850 ot kuçini taşkil qiladi. Xuddi şunday motor kompaniyaning Chiron Super Sport 300+ modeliga örnatiladi. Dvigatel 7 poğonali uzatmalar qutisi va töliq privodli tizim bilan birgalikda işlaydi.
Giperkar yagona nusxada yaratilgan va kelgusida uning seriyali işlab çiqarilişi hozirça noma'lum.
Bolide’ning maksimal tezligi 500 km/soatdan köproqni taşkil qiladi. U turgan joyidan 100 km/soat tezlikkaça 2,17 soniyada, 200 km/soat tezlikkaça 4,36 soniyada va 500 km/soat tezlikkaça 20,16 soniyada erişa oladi.
Kompaniyada ta'kidlanişiça, giperkar “Le-Man 24 soat” poygalari ötuvçi va uzunligi 13,6 kmni taşkil qiluvçi “Sarta” trassasini 3 daqiqa 7 soniyada, Nyurburgring trassasining uzunligi 22,8 kmni taşkil qiluvçi şimoliy qismi – “Nordşlyayfe”ni 5 daqiqa 23 soniyada öta oladi.
Maşina karbon monokokk negizida qurilgan. Uning ba'zi detallari aerokoinot sohasida qöllanuvçi titan qotişmadan işlangan.
“Bugatti’dagi 16 yillik faoliyatim davomida bundan ekstremalroq konsept ustida işlamagandim”, deb tan olgan kompaniyaning dizayn bölimi rahbari Axim Anşaydt.



















