Mutaxassislar 2018 yilda işlab çiqarilgan eng yaxşi smartfonlar röyxatini tuzişdi. Bu haqda Business Insider portali ma'lum qildi.

Mutaxassislarning fikriça, eng yaxşi smartfonlardan biri Xitoyda işlab çiqariluvçi OnePlus 6 böldi. Uning kamerasi, Qualcomm Snapdragon 845 protsessori va 6 Gb tezkor xotirasi ustun tomonlari hisoblanadi. Mutaxassislar gadjyetning tez quvvatlaniş texnologiyasiga ega akkumulyatorini smartfonning yana bir ustun jihati sifatida qayd qilişgan. Qurilmaning yana bir “plyusi” Android operatsion tizimining Oxygen OS versiyasida işlaşi hisoblanadi.

Mutaxassislar şuningdek Samsunğning yangi mahsuloti – Galaxy Note 9’ga e'tibor qaratişgan. Qurilma 6,4 dyuymli OLED-displey, kuçli akkumulyator va yaxşi kameraga ega. Smartfon 512 Gbgaça katta hajmli içki xotira bilan jihozlangan. Bundan taşqari, qurilma töplamiga yangilangan S Pen stilusi kiradi.

Eng yaxşi smartfonlar beştaligidan Samsunğning yana bir flagman smartfoni Galaxy S9 örin olgan. Mutaxassislarning fikriça, u mavjud smartfonlar orasida eng çiroylisi hisoblanadi. Business Insider’ning yozişiça, smartfon “barça funksiyalar va jihozlar” bilan ta'minlangan: katta ölçamli OLED-displey, ajoyib kamera, yurak ritmi monitori, barmoq izlari skaneri va yuzni taniş funksiyasi, tezkor quvvatlaş qurilmasi va simsiz akkumulyator.













