Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida tadbirkorlik sub'yekti «Ijtimoiy tadbirkor» maqomini, şuningdek imtiyoz va preferensiyalarni olişi tartibi nazarda tutilgan nizom loyihasi muhokama qilinmoqda.
Norma’ning yozişiça, hujjat loyihasiga köra, «Ijtimoiy tadbirkor» maqomini olgan tadbirkorlik sub'yekti Prezidentning 11.06.2018 yildagi «Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta'minlaşni rağbatlantirişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–3782-son qarorida nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalardan foydalaniş imkonini qölga kiritadi, aynan:
a) xaridor tomonidan investitsion va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qiliş şarti bilan davlat mulki obektlarini «nol» xarid qiymatida sotiş böyiça ötkaziladigan tanlov savdolari natijalariga köra tanlov savdolarining boşqa iştirokçilari bilan uning takliflari örtasida teng şaroitlar yuzaga kelgan hollarda bitimni tuziş böyiça ustuvorlik huquqi;
b) davlat mulki obekti uçun ijara tölovini uşbu obektga nisbatan eng kam ijara tölovi stavkasining 50%i miqdorida belgilaş;
v) quyidagi muddatga imtiyozli bank kreditlarini oliş:
• aylanma mablağini töldiriş uçun 3 oylik imtiyozli davr bilan 18 oygaça muddatga;
• asbob-uskunalar va sarflaş materiallari xarid qiliş uçun 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga;
g) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş davlat jamğarmasidan imtiyozli kreditlar böyiça foizlarni tölaş uçun kompensatsiya hamda majburiyatlar ta'minoti yuzasidan kafillik oliş;
d) ştatdagi xodimlarining 50%i nogironligi bölgan şaxslardan taşkil topgan nogironligi bölgan şaxslarning jamoat birlaşmalari korxonalari jami xodimlarining mehnatiga haq tölaş fondidan 4,7% miqdoridagi yagona ijtimoiy tölov stavkasi.
Davlat soliq qömitasiga «Ijtimoiy tadbirkor» maqomini beriş töğrisidagi ariza bilan murojaat qiliş huquqini barça yuridik şaxslarga, xususan tijorat korxonalari va taşkilotlari bölgan kiçik korxonalar va mikrofirmalarga, şu jumladan notijorat taşkilotlari tarkibidagi şu'ba tijorat korxonalariga beriş taklif etilmoqda. Bunda tadbirkor quyidagi mezonlardan loaqal bittasiga muvofiq kelişi zarur:
• hisobot davrining yakuni böyiça işlab çiqaradigan mahsulotlarini sotişdan tuşgan tuşumining umumiy hajmida kamida 30%ini nogironligi bölgan şaxslar uçun protez-ortopediya buyumlari va inventarlar işlab çiqariş, ularga ortopedik protezlaş, protez-ortopediya buyumlari va inventarlarini ta'mirlaş xizmatlarini körsatişdan tuşgan tuşum taşkil etişi;












