Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi taşabbusi bilan yaponiyalik maşhur olim, Nobel mukofoti laureati Ryodzi Noyori şu yilning 28-31 avgust kunlari Yaponiyaning Nagoya universiteti prezidenti Matsuo Seyiti rahbarligidagi delegatsiya tarkibida Özbekistonga taşrif buyuradi.
Ryodzi Noyorining Özbekistonga taşrifi ilm-fan hayotidagi muhim voqea sanalib, u Xalqaro Nobel fondi bilan kelişgan holda taşkil etilmoqda. Bu esa nufuzli Xalqaro taşkilot tomonidan mamlakatimizning jahon ilmi-fani taraqqiyotiga qöşgan hissasining tan olinişi hamda bugungi kunda yurtimizda ilmiy salohiyatni rivojlantirişga bölgan munosabatning e'tirofidir.
Delegatsiya a'zolarining boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov, oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov, innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Fanlar Akademiyasi rahbariyati bilan uçraşuvlari rejalaştirilgan.
Taşrif doirasida Ryodzi Noyori özbekistonlik yoş tadqiqotçilar, olimlar bilan uçraşadi, ular uçun ma'ruza qiladi. Nagoya universiteti delegatsiyasi a'zolari iştirokida özbek-yapon ilmiy simpoziumi, davra suhbati, Samarqandga taşrif közda tutilgan.












