Open AI kompaniyasi olimlari sun'iy ongga avvaldan biror narsani örgatmasdan erkinlik berilsa nima bölişini sinab körişdi.
Kompyuterga bir neçta öyin taqdim etildi, ammo nima qiliş kerakligi yoki öyinni qanday yutiş mumkinligi aytilmadi. Sun'iy ong Mario Bros öyinining 10ta darajasini yuta oldi.
Sun'iy ongning ham xuddi odamlardagi kabi kamçiligi bor ekan: uni çalğitiş mumkin. Olimlar sun'iy ongni labirint içida yurişga majbur qilişdi va labirint içiga televizor joylaştirişdi: u esa televizorga çalğib yölda bir oz töxtab qoldi.
Olimlar uning özini xuddi yoş bolalardek tutişi yaxşi ekanligini ta'kidlaşmoqda. Ularning fikriça, ana şunda sun'iy ong tizimi işonçli va inson boşqarişi oson böladi.











