Davlat rahbarining 2018 yil 6 avgustdagi "Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasining hududiy filiallarini taşkil etiş töğrisida"gi qaroriga köra, Guliston, Qarşi, Samarqand, Urganç va Farğona şaharlarida akademiyaning hududiy filiallari taşkil etildi.

Zarnews’ning yozişiça, quyidagilar akademiya hududiy filiallarining asosiy vazifalari etib belgilandi:

zamonaviy şaroitlarda boşqaruv kadrlarining kasbiy bilim va saviyasiga qöyilayotgan talablarni hisobga olgan holda joylarda davlat va jamiyat boşqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasini oşiriş;

malaka oşiriş kurslari tinglovçilarida mahalliy boşqaruv va hududiy rivojlaniş sohasidagi çuqur va amaliyotga yönaltirilgan, şuningdek, strategik rejalaştiriş, gorizontal va vertikal munosabatlar tizimiga oid bilimlarni, davlat va hududiy dasturlarni hamda normativ-huquqiy hujjatlarni sifatli ijro etiş könikmalarini şakllantiriş;

mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xöjalik boşqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari, şuningdek, nodavlat notijorat va boşqa taşkilotlarning boş¬qaruv kadrlari va mas'ul xodimlari uçun vazirlik, idora hamda boşqa taşkilotlarning rahbarlarini jalb etgan holda doimiy asosda öquv-amaliy seminarlarni taşkil etiş;

öquv-amaliy seminarlar doirasida tinglovçilarda faoliyatni rejalaştiriş va iş rejalari ("yöl xaritalari")ni sifatli bajariş könikmalarini şakllantiriş;

malaka oşiriş kurslari va öquv-amaliy seminarlar jarayonida aniqlangan muammolar böyiça axborot-tahliliy materiallarni tayyorlaş.

Hududiy filiallarga akademiya rektori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan, şuningdek, maqomi va mehnatga haq tölaş şart-şaroitlari böyiça akademiyaning fakultet dekaniga tenglaştiriladigan direktor rahbarlik qiladi. 2018 yil 1 sentabrdan boşlab malaka oşiriş kurslariga maşğulotlar ötkaziş uçun soatbay iş haqi tölaş şartlari bilan jalb etiladigan şaxslarga soatbay iş haqining miqdori belgilangan miqdorlardan 25 foizdan ikki yarim baravargaça oşirilgan holda berilişi mumkin.

Qarorda hududiy filiallarda boşqaruv kadrlari, şu jumladan, işlab çiqarişdan ajralmagan holda davlat granti va tölov-kontrakt asosida davomiyligi bir oydan oşmagan qisqa muddatli dasturlar böyiça malaka oşirilişi, malaka oşiriş kurslariga faqat mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat boşqaruvi organlarining hududiy tuzilmalari hamda boşqa davlat taşkilotlarining boşqaruv kadrlari va mas'ul xodimlari davlat granti asosida qabul qilinişi, hududiy filiallar faoliyatini uslubiy ta'minlaş hamda malaka oşiriş kurslari va öquv-amaliy seminarlar uçun öquv dasturlarini işlab çiqiş akademiya tomonidan belgilangan tartibda amalga oşirilişi, malaka oşiriş kurslaridan muvaffaqiyatli ötgan boşqaruv kadrlariga belgilangan namunadagi sertifikatlar berilişi tartibi örnatildi.