Toşkent şahrida mototsiklçilar ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanişdi. 

Tezlik uçun jarima

Mototsikl haydovçisi Toşkent şahrida 210 km/soat tezlikda harakatlandi. Poytaxt IIBB axborot xizmati unga jarima qöllanilganini xabar qildi.

Ma’lum qilinişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan söng qidiruv bölimi xodimlari mototsiklçining şaxsini aniqlab, u bilan tuşuntiriş işlarini olib borgan.

“Şahar içida 60 km/soatli joyda 210 km/soat tezlikda harakatlandim. Boşqa takrorlanmaydi. Mendan örnak olib, mototsiklda şunday yuriş mumkin deb öylab haydaşdan qaytaraman. Çora körişyapti. Oxiri yaxşilik bilan tugamaydi”, degan haydovçi.

Banner

Unga belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oşiriş huquqbuzarligi (MJtKning 128-3-moddasi) bilan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Bunday huquqbuzarlik uçun BHMning 15 baravari (6 mln 180 ming söm) miqdorida jarima qöllaniladi. 

Şuningdek, haydovçining mototsikli jarima maydonçasiga joylaştirilgan.

Qimmatga tuşgan kontent

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda yana bir mototsiklçi YPX xodimining töxtaş işorasiga böysunmasdan qoçgani körinadi. U uşbu holatni tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilgan.

Sud qaroriga köra, 26 yoşli I.M. holat yuzasidan tuşuntiriş xati oliş va mototsiklni jarima maydonçasiga olib ketiş uçun uyiga borgan IIB xodimlarining qonuniy talabini bajarmagan. Ularga faol qarşilik körsatib, köçada baqir-çaqir qilgan holda jamoat tartibini buzgani aniqlangan.

IMG_20260812_140610_009

I.M. aybiga iqror bölib, suddan yengillik söragan.

Sud qarori bilan I.M. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Unga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.