Tadbir boşida Xalq banki rahbariyati tomonidan korrupsiyaga qarşi kuraşiş borasida bank tizimida amalga oşirilayotgan işlar haqida ma’lumot berildi. Boşqaruv raisi örinbosari Xasanjon Axmedov bankda korrupsiya xavfini kamaytiriş, içki nazorat tizimini kuçaytiriş va xodimlar örtasida mas’uliyatni oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar haqida söz yuritdi.

Şundan söng Içki nazorat va komplayens departamenti direktori Azamat Xaitov departamentning kunlik iş jarayonlari, monitoring tizimi va risklarni aniqlaş mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’ruza qildi. Tadbir davomida Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi prokurori Temur Safarov korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça amaldagi qonunçilik hujjatlarining mazmuni va ularning amaliy tatbiqi yuzasidan tuşuntiriş berdi. Unda korrupsiyaning huquqiy oqibatlari va davlat idoralaridagi yangilangan monitoring tizimlari haqida töliq aytib ötildi.

Oçiq eşiklar kunida taqdim etilgan ma’lumotlarga köra, 2025 yilning 11 oyi davomida Xalq bankining içki nazorat bölimlari tomonidan 697 nafar yangi işga qabul qilinayotgan yoki lavozimi özgartirilayotgan xodimlar böyiça tekşiruvlar ötkazilgan va tegişli xulosalar berilgan. 7 172 nafar xodimdan manfaatlar töqnaşuvi böyiça yillik deklaratsiyalar qabul qilingan va aniqlangan holatlar böyiça çoralar körilgan. Şuningdek, yil davomida bankning xarid jarayonlari böyiça 310 ta kontragent yuzasidan içki örganişlar, şuningdek 65 ta içki me’yoriy hujjat va 55 ta yangi bank mahsulotlari loyihalari böyiça xulosalar taqdim etilgan.

Bank xodimlarining malakasini oşiriş maqsadida 2024–2025 yillarda muntazam treninglar taşkil etilgan bölib, joriy yilda 533 nafar xodim, şu jumladan 102 nafar komplayens mutaxassisi maxsus kurslarda öqitilgani qayd etildi.

Xalq bankining korrupsiyaga qarşi menejment tizimi ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga ega bölgani ham ta’kidlandi. 2024 yilda ötkazilgan taşqi audit natijasida mazkur sertifikat muvaffaqiyatli himoya qilingan.

Şuningdek, davlat idoralari faoliyati samaradorligi böyiça 2024 yil yakunlari ham e’lon qilinib, natijalarga köra Xalq banki 85 ball töplab “yaxşi” toifaga kiritilgan.









