«Manchester Yunayted» Bastian Shvaynshtayger MLS chempionati vakili «Chikago» klubiga sotganini tasdiqladi.
«MYu»ning barcha vakillari Bastianga AQShdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi», – deyilgan klub matbuot xizmati xabarida.
32 yoshli germaniyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va viza olishi kerak bo‘ladi.
Bundan avvalgi xabarlarda ushbu futbolchi yangi jamoasi bilan keyinchalik uzaytirish sharti bilan 1 yillik shartnoma tuzgani, uning maoshi yiliga 4,5 million yevroni tashkil qilishi aytilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Shvaynshtayger «MYu»ga «Bavariya»dan 2015 yil yozida kelib qo‘shilgandi. U joriy mavsumda APL uchrashuvlarida ishtirok etmadi.















