Farğona şahrida öquvçilar uçun barça qulayliklarga ega zamonaviy usulda qurilgan, yangi, «SIRIUS» nomli nodavlat ta'lim muassasasi iş boşladi. Öquv muassasasi 4 qavatli binoda joylaşgan bölib, öquvçilar uçun sportzal, oşxona, dam oliş maydonlari, dam oliş xonalari, öquv xonalari zamonaviy usulda jihozlanib, öqişga şay holga keltirilgan.


Öquvçilar ertalab soat 07:00 dan keç soat 18:00 gaça maktab hududida bölib, 3 mahal issiq ovqat bilan ta'minlanişadi. Maktabga Farğona şahridagi oliy toifali öqituvçilar jalb qilingan bölib, darslar faqat rus tilida olib boriladi. Qöşimça ravişda, ingliz va koreys tili çuqurlaştirilgan tartibda ötiladi.


Bundan taşqari, maktabda çuqurlaştirilgan matematika sinflari taşkil qilinib, öquvçilar qiziqişiga va ota-onalar talabi bilan boşqa fanlardan ham çuqurlaştirilgan sinflar oçiş közda tutilmokda. Darslardan söng öquvçilar qiziqişlariga qarab 10 dan ortiq tögaraklarga qatnaşişlari mumkin, jumladan:
- Şaxmat;
- Aviamodel sporti;
- Teatr va raqs;
- Geografiya va boşqalar.
Maktab 400 öringa möljallangan bölib, 1-9 sinfgaça öquvçilarni qabul qilmokda. Har bir sinf 15-20 öquvçidan iborat bölib, bu har bir öquvçi bilan individual şuğullaniş uçun juda muhim rol öynaydi. Har bir öquv xonasi internet bilan ta'minlangan bölib, darslar jahon standartlariga mos, yuqori texnologiyalar vositasida ötiladi.











