Hozirgi kunda sifatli ta’limga bo‘lgan talab hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib bormoqda. Ta’lim olish imkoniyati qancha ko‘p bo‘lgani sari tanlov ham shuncha murakkablashadi. Biz esa har doim o‘zimizga ham, yaqinlarimizga ham eng saralarini ravo ko‘ramiz.

SIRIUS («Sirius Alfraganus Education») xususiy maktabi zamonaviy uslubda qurilgan bo‘lib, jahon standartlariga mos ravishda to‘liq internet va axborot kommunikatsiyalari, so‘ngi modeldagi kompyuterlar, qulay va sifatli o‘quv jihozlari bilan ta’minlangan shinam o‘quv xonalari, muntazam sport bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan sport zali va futbol maydonchasi, hamda sayr uchun «EKOSAN» mini issiqxona bog‘i ham shular sirasiga kiradi. Bundan tashqari o‘quvchilarga maktab diyetologi nazorati ostida me’yoriy talablar asosida tayyorlanadigan 3-4 mahal issiq taomlar beriladi.
Maktab pedogoglari viloyatning ko‘zga ko‘ringan malakali o‘qituvchilar jamoasidan tarkib topgan bo‘lib, ta’lim berish zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan foydalangan holda olib boriladi. Qolaversa xorijiy davlatlardan taklif etilgan mutaxassislar o‘quvchilarni ingliz tilini mukammal o‘rganishida o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.
Maktabda quyidagi fanlar chuqurlashtirilgan shaklda olib boriladi:
- Ingliz tili;
- Matematika;
- Tarix;
- Rus tili.



Asosiy fanlar bilan birgalikda o‘quvchilar bir qancha kurslar va to‘garaklarga qatnashishlari tashkil etilgan:
- Prezident maktabiga tayyorgarlik (Cambridge Assessment va PISA testlari asosida);
- IELTS imtihoniga tayyorgarlik;
- Mental arifmetika;
- Koreys tili;
- Shaxmat;






















