Universitet bo‘lajak jurnalistlarni kutib olishga tayyorlanmoqda
Joriy yilning 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tavsiyasi asosida Universitetning tegishli ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlarni oliy ta'lim muassasasiga o‘qishga qabul qilish kirish test sinovlari bilan bir qatorda ularning kasb layoqatini aniqlashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon (yozma va suhbat shaklida) o‘tkazish orqali amalga oshirildi.
2018-2019 o‘quv yili uchun belgilangan qabul kvotasiga asosan, universitet sirtqi bo‘limiga 2ta yo‘nalish: Teleradiojurnalistika va Bosma OAV jurnalistikasi bo‘yicha 50 (30 nafar o‘zbek, 20 nafar rus guruhlariga) o‘rin ajratilgan. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti qabul komissiyasi sirtqi bo‘limda o‘qish istagini bildirgan 190 abituriyentdan hujjat qabul qilgan.
Sirtqi bo‘lim abituriyentlari 17 avgust kuni 2ta fan: o‘zbek tili va adabiyoti hamda chet tillaridan test sinovlarini topshirishdi. Sirtqi bo‘lim uchun imtihonlar ijodiy va test sinovlaridan iborat bo‘lib, ijodiy imtihonning birinchi bosqichi - suhbat hisoblanadi.
Ayni paytda universitet bo‘lajak talabalarni qabul qilib olishga tayyorlanmoqda. Uning kampusida (hovli) «Oltin qalam»ni eslatib turuvchi monument va talabalar kovorking markazi mavjud. Shuningdek, universitet hududida ochiq osmon ostidagi yozgi kinoteatr ham barpo etilgan. Dars xonalari uchun mo‘ljallangan sinflarda 15 kishiga moslab joylashtirilgan yakka partalar, yozuv taxtasi o‘rniga esa zamonaviy va keng monitor-TV o‘rnatilgan.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28 / 23.06.2025
Mavzuga oid

16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi

21:26 / 12.12.2024
«Chegara bilmas muxbirlar»: 2024 yilda dunyoda 54 nafar jurnalist o‘ldirildi

19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi

23:59 / 08.10.2024