Tramp 2018 yilning noyabrida bo‘lib o‘tadigan oraliq saylovlarda Respublikachilar partiyasining ehtimoliy mag‘lubiyati haqida gapirar ekan, bu holatda «zo‘ravonlik bo‘lmasligiga» umid bildirdi.

«Agar nimalar sodir bo‘layotganini kuzatayotgan bo‘lsangiz, u holda umuman kerak bo‘lmagan zo‘ravonliklarni ko‘rasiz. Butun dunyoda, lekin bizning mamlakatimizda ham. Buni men ko‘rmoqchi emasman», - dedi Tramp.

Prezident o‘z tarafdorlari oldidagi yopiq nutqi davomida shunday bayonot bilan chiqqan, deb xabar beradi NBC telekanali.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp bosh prokurorga Klinton bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi