Isroil boş vaziri Benyamin Netanyaxuning rafiqasi Sara Netanyaxu turmuş örtoğining Isroilning eng yirik telekommunikatsiya kompaniyasi “Bezek” bilan korrupsiyaviy aloqalari böyiça tergov işining gumonlanuvçilaridan biriga aylandi.
“Gaarets” naşrining ma'lum qilişiça, uşbu iş böyiça ötayotgan 4 ming gumonlanuvçi orasida boş vazirning özi, uning sobiq matbuot kotibi Nir Xefets, sobiq aloqa vaziri Şlomo Filber, “Bezek” egasi Şaul Eloviç va uning rafiqasi, öğli va bir neça qöl ostidagilar bor.
“Politsiyaning “4000lar işi” böyiça vakili boş vazirning rafiqasi pora olganlikda gumon qilinayotganini rasman ma'lum qildi”, deyilgan naşrda.
Politsiyada er-xotin Netanyaxular hamda “Bezek” rahbariyati “öz harakatlari iqtisodiy ahamiyatga egaligini töliq anglaşgani”ning isbotlariga ega ekanliklari ta'kidlab ötilgan.
Ta'kidlanişiça, endi tergovçilar amaldorlar Netanyaxuning faoliyatini ijobiy yoritiş evaziga “Bezek” manfaatlarini ilgari surganlarini isbotlaşlari kerak böladi.












